2026-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlari dasturidan joy olgan erkaklar oʼrtasida 5000 metrga konkida yugurish musobaqasi 8-fevral kuni Milan shahridagi Fiera Milano stadionida boʻlib oʻtdi. Norvegiya vakili Sander Eitrem Olimpiya rekordini oʻrnatgan holda oltin medalga sazovor boʻldi. Chexiya Respublikasi vakili Metoděj Jílek ikkinchi oʻrin bilan kumush medal, italiyalik sportchi Riccardo Lorello esa bronza medali bilan taqdirlandi. Yuqoridagi uchala sportchilar ham ushbu musobaqada oʻzlarining ilk Olimpiada medallarini qoʻlga kiritdi.

Tarixi 2022-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlari gʻolibi Nils van der Poel oʻzining musobaqalardagi faoliyatiga yakun yasadi. Kumush medal sovrindori Patrick Roest bu yilgi oʻyinlar uchun yoʻllanmani qoʻlga kirita olmadi. Bronza medal sohibi Hallgeir Engebråten ushbu Olimpiada uchun ham yoʻllanmani qoʻlga kirita oldi, biroq sportchi faqatgina jamoaviy bahslarda ishtirok etish imkoniyatiga ega edi. Olimpiada oʻyinlari oldidan Metoděj Jílek bu yoʻnalish boʻyicha 2025–2026-yilgi ISU konkida yugurish boʻyicha Jahon kubogi reytingida yetakchi boʻlib turgan edi. Sander Eitrem esa 5000 metr masofaga yugurish boʻyicha 2025-yilgi Jahon chempioni boʻlgan. U Qishki Olimpiadadan ikki hafta oldin yangi jahon rekordini oʻrnatdi va ushbu masofani 6 daqiqadan tezroq bosib oʻtgan birinchi sportchiga aylandi.

Natija Reyting Juftlik Yoʻlak Sportchi Mamlakat Vaqt Ortda qolgan vaqt Izohlar 9 O Sander Eitrem 6:03.95 OR, TR 9 I Metoděj Jílek 6:06.48 +2.53 3 I Riccardo Lorello 6:09.22 +5.27 4 8 I Davide Ghiotto 6:09.57 +5.62 5 10 O Timothy Loubineaud 6:11.15 +7.20 6 3 O Peder Kongshaug 6:11.31 +7.36 7 6 I Chris Huizinga 6:11.58 +7.63 8 8 O Casey Dawson 6:11.88 +7.93 9 2 I Stijn van de Bunt 6:12.94 +8.99 10 1 O Gabriel Groß 6:14.40 +10.45 11 1 I Marcel Bosker 6:17.47 +13.52 12 7 O Michele Malfatti 6:17.95 +14.00 13 10 I Ted-Jan Bloemen 6:17.97 +14.02 14 2 O Sigurd Henriksen 6:18.24 +14.29 15 5 O Bart Swings 6:19.27 +15.32 16 7 I Felix Maly 6:21.42 +17.47 17 4 O Liu Hanbin 6:24.25 +20.30 18 6 O Alexander Farthofer 6:26.07 +22.12 19 5 I Fridtjof Petzold 6:27.56 +23.61 20 4 I Shomu Sasaki 6:27.97 +24.02

Manbalar

Turkum:Erkaklar oʻrtasida konkida yugurish sporti 2026-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida