Ahmadiyya masjidi, rasmiy ravishda Bayt ul-Ahad – Yaponiya masjidi () nomi bilan tanilgan masjid boʻlib, Yaponiyaning Aichi prefekturasi Nagoya shahri chekkasidagi Tsusima shahrida joylashgan.

Yaponiya masjidi 2015-yil 20-noyabrda Ahmadiyya musulmon jamoasining beshinchi xalifasi Mirzo Masrur Ahmad tomonidan ochib berilgan.

Ahmadiyya harakatiga Mirzo Gʻulom Ahmad tomonidan asos solingan. Mirzo Gʻulom Ahmad 41 yoshida ilohiy vahiy olganini daʼvo qilgan va 1889-yilda oʻzini Masih hamda Mahdiy deb eʼlon qilgan. Bu esa paygʻambar Muhammad islomdagi soʻnggi payg‘ambar degan eʼtiqodga zid boʻlgani sababli koʻplab musulmonlar bu harakatni bid’atchi deb hisoblaydilar. Shu sababli, ushbu masjid ham islomiy masjid hisoblanmaydi.

Yana qarang

Yaponiyada Ahmadiya ta'limoti Yaponiyada islom Yaponiyadagi masjidlar roʻyxati

Manbalar

Turkum:Yaponiyadagi 21-asr masjidlari Turkum:Yaponiyadagi Ahmadiyya masjidlari Turkum:Yaponiyadagi gumbazli masjidlar Turkum:Yaponiyadagi minorali masjidlar Turkum:Aichi prefekturasidagi diniy binolar va inshootlar