Borujerd jome masjidi () Eronning gʻarbiy qismi, Luriston ustoni Borujerd shahrida joylashgan shialik jome masjidi. Borujerd shahrining eski mavzesida, avval Do Dangeh deb atalgan hududda joylashgan bu masjid islomdan avvalgi Sosoniylar davriga oid qadimiy otashkada joylashgan joyda milodiy IX asrda (hijriy III asrda qurilgan boʻlib, Zagros mintaqasi va Eron gʻarbidagi eng qadimgi masjid hisoblanadi.
Masjid 1935-yilda Eron milliy merosi roʻyxatiga kiritilgan boʻlib, Eronning Madaniy meros, hunarmandchilik va turizm tashkiloti tomonidan boshqariladi.
Umumiy maʼlumot Ushbu masjid qurilishi Hamula ibn Ali Borujerdiy nomi bilan bogʻlanadi. Uning hijriy III asrda Abi-Dolaf hukmdorlari tomonidan Borujerd hokimi etib tayinlangani aytiladi. 1799-yilgacha masjid kengaytirilib, taʼmirlanib kelgan, minoralar va ayvonlar qurilishi yakunlangan.
Masjid kirish qismidagi yozuvda uning hijriy 1068-yilda (milodiy 1657/1658) bunyod etilgani aytiladi. Biroq bu davr, ehtimol, kirish qismining qurilishi boshlangan vaqtni bildiradi. Masjidning kirish eshigi 1092-yilda (milodiy 1681/1682) sulton Muhammadning buyrugʻi bilan qurilgan. 1209-yilda (milodiy 1794/1795) Taqiyxon Razaniy „gol-dasteh“ deb ataladigan ikki minoraning yuqori qismini qurish uchun masʼul boʻlgan. Masjidning eng goʻzal qismi uning minbaridi. Minbar toʻqqiz pogʻonali, yogʻochdan yasalgan boʻlib, hijriy 1068-yilga taalluqli. Sahnning shimoliy tomonida namoz oʻqish joyi sifatida foydalaniladigan, nafis ustunli katta maydon bor. Bu yerda ustida 25 x 38 sm oʻlchamdagi bitik boʻlgan oʻyma yogʻoch eshik mavjud boʻlib, Shoh Abbos I hukmronligi davriga tegishli.
Masjidning sharqiy va gʻarbiy tomonlarida ikkita kirish joyi bor. Borujerd jome masjidi diniy, savdo va ijtimoiy tadbirlar markazi sifatida foydalanib kelingan. 1980-yillarda Eron–Iroq urushi paytida masjid Iroq samolyotlari tomonidan bombardimon qilingan, shuningdek, yomgʻir va zilzilalar oqibatida zarar koʻrgan. Jumladan, 2006-yilgi zilzilada masjid minoralari vayron boʻlgan va boshqa keng koʻlamli talafotlar yuz bergan. 2022-yilda masjidni taʼmirlash ishlari boshlangan.
Galereya
Yana qarang
Erondagi masjidlar roʻyxati
Manbalar
Adabiyotlar
Havolalar
Borujerd axborot portali Imom Rizo tarmogʻi
Turkum:9-asr masjidlari Turkum:Borujerd Turkum:Eron milliy merosi roʻyxatidagi masjidlar Turkum:Borujerd Turkum:Eronda gumbazli masjid binolari Turkum:Eronda minorali masjid binolari Turkum:1790-yillarda yakunlangan masjidlar Turkum:Loreston viloyatidagi masjidlar Turkum:1799-yilda yakunlangan diniy binolar va inshootlar Turkum:Erondagi shia masjidlari Turkum:Loreston viloyatidagi sayyohlik diqqatga sazovor joylari