Maydon masjidi (; ) – Eronning Isfahon ustoni Koshon shahrida joylashgan masjid. Sangi Gʻadimiy maydonining janubiy tomonida va Koshon bozori yonida joylashgan.
Koshondagi eng qadimiy inshootlardan biri boʻlgan masjid 1932-yil 6-yanvarda Eron Milliy meros roʻyxatiga kiritilgan. Eronning Madaniy meros, hunarmandchilik va turizm tashkiloti tomonidan boshqariladi.
Meʼmorchiligi Asosiy inshoot, ehtimol, Saljuqiylar davrida qurilgan. Biroq Moʻgʻullar istilosi paytida moʻgʻullar tomonidan vayron qilingan.
Keyinchalik masjid Xo'ja Emodiddin tomonidan qayta qurilib taʼmirlangan. Bunga eski mehrobdagi bitik dalil boʻlib, unda Koshonda Hasan ebn-e Arabshoh tomonidan hijriy 623-yil (milodiy 1225/1227-yil)da qurilgani qayd etilgan. Mehrob oʻtgan asrgacha oʻzining asl oʻrnida boʻlgan, hozirda Berlin shahridagi Islom sanʼati muzeyida saqlanadi.
Jane Dieulafoy mehrobni quyidagicha taʼriflagan:
Masjid oʻzining shonli davrida baland ayvonlarga, muhtasham ichki gumbazli makonga, katta hovliga, shabiston hamda hovuz joylashgan zalga ega boʻlgan, biroq koʻp bor taʼmirlanganiga qaramay, masjidning koʻp qismlari vayron boʻlib ketgan. Masjid alohida ijtimoiy va siyosiy ahamiyatga ham ega boʻlganini uning portali tepasiga yozilgan koʻplab farmonlardan bilish mumkin. Bu farmonlar XV asrda Qora qoʻyunlilar davridan boshlab XIX asrdagi Qojarlar davrigacha taalluqlidir. Ular oʻsha davrda tasdiqlangan narxlar boʻyicha tovar va oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olish-sotish, shuningdek, qimor va shariatga zid ishlarni taqiqlash haqidagi yoʻriqnoma, qoidalar va buyruqlarni oʻz ichiga oladi.
Masjid portali Eron meʼmorchiligining sof uslublari bilan ajralib turadi.
Oldingi tosh minora 1778-yilda keyingi Safaviylar davrida zilzila oqibatida vayron boʻlgan.
Yana qarang
Eronda islom Erondagi masjidlar ro‘yxati
Izohlar
Manbalar
Havolalar
Turkum:13-asr Osiyodagi masjidlar Turkum:15-asr Erondagi masjidlar Turkum:Koshondagi binolar va inshootlar Turkum:Erondagi gumbazli masjidlar Turkum:Erondagi minorali masjidlar Turkum:Isfahon viloyatidagi masjidlar