Javzo masjidi — Qirg‘izistondagi O’sh shahriga yaqin, Sulaymon tog‘i etagida joylashgan masjid bo‘lgan. Zahiruddin Muhammad Bobur masjidni o‘z asarida shunday tavsiflaydi:
„Baroko’h tog’i (Sulaymon tog’ning qadimiy nomi) domanasida shahr bila tog’ning orasida bir masjid tushubtur, masjidi Javzo otliq“.
Annette Susannah Beverij xonim, Boburnoma asarini ingliz tiliga tarjima qilar ekan, „Javzo“ so‘zining ma’nosini „egizak“ deb izohlaydi.
Amerikalik diplomat, yozuvchi va sayyoh Eugene Schuyler o‘zining „Turkiston: Rus istilosidagi Turkistondan esdaliklar“ asarida Barako‘h (Sulaymon) tog‘i etagida ikki yoki uchta masjid mavjudligini qayd etadi. Shu masjidlardan biri Javzo masjidi bo’lishi mumkin.
Mashhur fransuz tarixchisi va yozuvchisi Marie de Ujfalvy-Bourdon ham „Parijdan Samarqand, Farg’ona, G’ulja, va g’arbiy Sibirgacha: Parijlik ayolning sayohat taassurotlari“ nomli asarida Sulaymon tog‘i etagida masjid borligini yozadi. Annette Susannah Beverij ushbu masjid Zahiruddin Muhammad Bobur zikr qilgan Javzo masjidi bo‘lishi mumkinligini ta’kidlaydi.
thumb|Sulaymon tog’i etagidagi masjid, Marie de Ujfalvy-Bourdon.
Manbalar
Turkum:Qirgʻizistondagi masjidlar