Yesarizade Mustafa Izzet Efendi (Zamonaviy turk tili: Yesârîzâde Mustafa Izzet Efendi) (vaf. 1849) – Usmonli xattoti.
Hayoti va faoliyati Yesarizade Mustafa Izzet Efendining tugʻilgan sanasi nomaʼlum, biroq 1770-yillarga toʻgʻri keladi, deb taxmin qilinadi. U Konstantinopolda tugʻilgan va xattot Mehmed Esad Yesariyning oʻgʻli ediIslam Encyclopedia, Online:.
Otasi qoʻlida xattotlikni oʻrganganidan soʻng, u Rumeliyaning qozaskeri sifatida xizmat qilgan. Mustafo oʻz nomi bilan mashhur xattotga aylandi va saroyda shogirdlariga taʼlim bergan.
Uning otasi taʼliq xatining nastaʼliq deb atalgan oʻziga xos uslubini ishlab chiqqan boʻlib, u fors ustasi Mir Imod Hassaniydan olingan unsurlarga asoslangan, shuningdek Mehmed Esad Yesariy (Yesarizadening otasi) ishlab chiqqan uslubiy elementlar bilan uygʻunlashtirilgandiM. Uğur Derman, Letters in Gold: Ottoman Calligraphy from the Sakıp Sabancı Collection, Istanbul, N. Y., Metropolitan Museum of Art, 1998, p. 20. Yesarizade Mustafa Izzet otasi kiritgan oʻzgarishlarni rivojlantirib, yanada takomillashtirdi hamda bu uslubning qoidalarini batafsil shakllantirdi. Bu yangi uslub celî taʼliq deb ataldi va usmonlilar didiga ancha mos edi. Uning xat varianti oʻzgarmagan holda hozirgi kungacha yetib kelganMülayim, S. and Akşit, O., Turkish Art and Architecture in Anatolia & Mimar Sinan, Akşit, 2005, p. 262; M. Uğur Derman, Letters in Gold: Ottoman Calligraphy from the Sakıp Sabancı Collection, Istanbul, N. Y., Metropolitan Museum of Art, 1998, p. 20.
U 1849-yil 23-iyunda vafot etdi va Fotih madrasasi yaqinida, otasining yoniga dafn etildi. Tumandagi yongʻindan soʻng ularning qabrlari koʻchirilganIslam Encyclopedia, Online:.
Manbalar
Turkum:Islom xattotchiligi Turkum:19-asr xattotlari Turkum:1849-yilda vafot etganlar