Maryam Teymur qizi Bayramalibeyova (; 1898-yil Lankaronda tugʻilgan – 1987-yil Bokuda vafot etgan) – ozarbayjonlik ijtimoiy faol, feminist, pedagog.

Ilk hayoti Maryam Bayramalibeyova 1898-yilda Lankaronda tugʻilgan. U ozarbayjon tarixchisi va jurnalisti Teymur Bayramalibeyov va uning rafiqasi Shirin Bayramalibeyova (qizlik familiyasi Talishinskaya)ning qizi edi. Shirin Bayramalibeyova rus tili boʻyicha taʼlim olgan boʻlib, klassik rus yozuvchilarining bir qancha asarlarini ozarbayjon tiliga tarjima qilgan va G‘arb madaniyatini Lankaron hamda qoʻshni hududlarda targʻib qilgani bilan mashhur boʻlgan. 1906-yilda Maryam Bayramalibeyova Bokudagi Imperatrisa Aleksandra nomidagi rus-musulmon qizlar internat maktabiga qabul qilindi va 7-yildan soʻng Avliyo Nina oʻrta internat maktabiga oʻqishga kirdi. 1917-yilda u Avliyo Ninani internat maktabini aʼlo baholar bilan tamomlab, Moskva davlat universitetining tibbiyot yoʻnalishiga oʻqishga qabul qilindi. Biroq Oktyabr inqilobidan soʻng, yuqori oʻrta tabaqaga mansub ziyoli kishining qizi boʻlganligi bois uning hayoti xavf ostida deb edi va shu sababli Lankaronga qaytdi (nihoyat, 1931-yilda Boku davlat universitetida huquq yoʻnalishi boʻyicha aʼlo darajadagi bakalavr diplomini oldi va oliy taʼlimga ham ega boʻldi). 1917-yilda oʻz shahrida otasi Teymur Bayramalibeyov yordamida butun uyezd boʻyicha birinchi dunyoviy qizlar maktabini (Uns deb nomlangan) tashkil etdi va oʻzi uning ilk direktoriga aylandi. Bayramalibeyovlar Lankarondagi koʻplab oilalarga borib, qizlarini Uns maktabiga yuborishga undashgan. Darslar rus tilida olib borilgan. Sanʼatni rivojlantirish maqsadida Maryam Bayramalibeyova maktabda drama, xor va musiqa toʻgaraklarini tashkil qildi. Buning samarasi sifatida keyinchalik uning ikki shogirdi taniqli ozarbayjon aktrisalari, yana biri esa mashhur mug‘om xonandasiga aylandi Wife of the Enemy of the People by Agaddin Babayev. Nash vek. 13 January 2005, #02(345). Retrieved 24 March 2007. 1919-yilda Bayramalibeyova Lankaron Ayollar xayriya jamiyatiga asos soldi They Were Distinguished by Their Generosity and Patriotism by Zarifa Dulayeva. Vyshka. 24 May 2002, #11. Retrieved 24 March 2007.

Shaxsiy hayoti Tolish mintaqasidagi siyosiy beqarorlik davrida Maryam Bayramalibeyova Lankaron boʻyicha Ozarbayjon Demokratik Respublikasi tomonidan tayinlangan general-gubernator Javod Malik-Yeganovga maktabni Denikin tarafdori boʻlgan armiya askarlarining bezoriliklaridan himoya qilishni soʻrab xat yubordi. Malik-Yeganov maktabga tashrifi chogʻida Bayramalibeyova bilan shaxsan tanishib oldi. Oʻrtalaridagi yigirma yillik farqqa qaramay, Malik-yeganov va Mayram Bayramalibeyova 1920-yilda turmush qurib, Azera, Taliya va Asiman ismli uch qiz koʻrishgan.

Maryam Bayramalibeyova 1987-yilda Ozarbayjonning Boku shahrida vafot etgan.

Manbalar

Turkum:1898-yilda tugʻilganlar Turkum:1987-yilda vafot etganlar Turkum:20-asr Ozarbayjon pedagoglari Turkum:20-asr ayol xayriyachilar Turkum:SSSR oʻqituvchilari Turkum:20-asr ayol pedagoglari