Farida Ahmadiy (1957-yil 26-martda tugʻilgan) – Norvegiyada istiqomat qiluvchi afgʻon yozuvchisi va ayollar huquqlari faoli. Sovet–Afgʻon urushi paytida qamoqqa olinib, qiynoqqa solingan. Afgʻoniston Ayollar inqilobiy uyushmasining (RAWA) yetakchi aʼzolaridan boʻlgan. Norvegiyada „Fundamentalizmga qarshi ayollar“ tashkilotiga asos solgan.
Hayoti FArida Ahmadiy 1957-yil 26-martda Afgʻonistonning Kobul shahrida tugʻilgan. Kobul universitetida tibbiyot yoʻnalishi boʻyicha tahsil olayotgan vaqtida Sovet–Afgʻon urushi sodir boʻlgan. Urush oqibatida sovetlarning Kobulga bostirib kirishi sababli oʻqishi toʻxtab qolgan.
Ahmadiy Afgʻoniston Ayollar inqilobiy uyushmasining (RAWA) yetakchi aʼzosi edi. U antisovet adabiyotlarini tarqatishda ayblanib, 1981-yilda hibsga olingan. Oʻsha paytda u tibbiyot fakultetining toʻrtinchi bosqich talabasi edi. Ahmadiy olti oy davomida qamoqda saqlangan va Afgʻonistondagi Jinoyat qidiruv boshqarmasida elektr toki bilan qiynash, uyqudan mahrum qilish hamda tinimsiz soʻroq qilish yoʻllari orqali qiynoqqa solingan. U, shuningdek, boshqa siyosiy mahbuslarning qiynoqqa solinishiga ham guvoh boʻlgan.
Ozodlikka chiqqach, Ahmadiy 1982-yil 16-dekabrda Fransiyaning Parij shahrida oʻtgan „Permanent Peoples' Tribunal“ () tashkilotining „Afgʻoniston Il“ sessiyasida ishtirok etgan. U, shuningdek, AQShning Nyu-York shahrida oʻtkazilgan konferensiyada ham oʻziga nisbatan qamoqda qilingan muomala haqida soʻzlab bergan. Ahmadiy oʻziga nisbatan qiynoq usullarini qoʻllagan shaxslarning nomlarini ham ochiq maʼlum qilgan. Uning ishi Amnesty International tashkilotining 1982-yilgi yillik hisobotining Afgʻoniston boʻlimida tilga olingan.
Ayollar huquqlari va demokratiya tarafdori sifatidagi faoliyati uchun Ahmadiy Pokistonning Kvetta shahri Balujiston viloyatida ham hibsga olinib, 1989-yilda Pokistonda qamoqqa olingan. Amnesty International tashkiloti uning qamoqdan ozod etilishi uchun harakat qilgan.
Ahmadiy 1991-yilda qochqin sifatida Norvegiyaga ketgan. Avval Haugesund shahridagi qochqinlarni qabul qilish markaziga, keyinroq esa Osloga koʻchib oʻtgan va oʻsha yerda doimiy yashab qolgan. U Oslo universitetida ijtimoiy antropologiya boʻyicha magistr darajasini egallagan. Soʻngra Nordik ayollar universitetida Norvegiya jamiyatida muhojir ayollarning ijtimoiy holati va hayotiy tajribalariga bagʻishlangan doktorlik (PhD) dissertatsiyasini tamomlagan.
1994-yilda Ahmadiy Norvegiyada „Fundamentalizmga qarshi ayollar“ tashkilotiga asos solgan. U Fredoun Z. Ahmadiy-Esfahoniy bilan hammualliflikda „Korrupsiya va iqtisodiy rivojlanish: adabiyotlarning tanqidiy sharhi“ nomli konferensiya maqolasini ham yozgan.
2008-yilda Ahmadiy immigrant ayollarning tajribalarini tasvirlaydigan „Silent Screams“ () kitobini nashr etgan. Shuningdek, ushbu kitobini fors tiliga tarjima qilgan va ushbu asar norvegiyalik hamda yapon sanʼatkorlari tomonidan harakatlarga asoslangan teatr sahna asari sifatida sahnalashtirilgan.
Faroda Ahmadiy 2024-yilda „From War to Peace: Our Global Responsibility!“ () asarini nashr etgan va 2025-yilda London kitob yarmarkasida oʻz ijodi haqida maʼruza qilgan.
Manbalar
Havolalar
Turkum:1957-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Kobulliklar Turkum:Kobul universiteti bitiruvchilari Turkum:Oslo universiteti bitiruvchilari Turkum:Afgʻoniston ayollar huquqlari faollari Turkum:Afgʻonistonlik qochqinlar Turkum:Afgʻonistondagi mahbuslar va hibsga olinganlar Turkum:Pokistondagi mahbuslar va hibsga olinganlar Turkum:Norvegiyaga koʻchib ketgan afgʻonlar Turkum:Norvegiyalik ayollar huquqlari faollari