thumb|Shamsia Hassani (Afgʻoniston) Shamsia Hassani (; asl ismi Ommolbanin Hassani, 1988-yil, Tehron, Eron) – afgʻon graffiti rassomi, Kobul universitetining tasviriy sanʼat oʻqituvchisi hamda rasm va anatomik rasm boʻyicha dotsenti. Shamsia Kobul koʻchalarida street artni ommalashtirgan va oʻz tasviriy sanʼat asarlarini Hindiston, Eron, Germaniya, AQSh, Shveysariya, Vyetnam, Norvegiya, Daniya, Turkiya va Italiya kabi bir qancha mamlakatlarda, shuningdek, Kobuldagi diplomatik missiyalarda namoyish etgan. Shamsia jamiyatning urush davriga oʻz munosabatini bildirish maqsadida Kobulda graffiti chizadi. 2014-yilda Hassani Foreign Policy jurnali tomonidan dunyoning eng yaxshi 100 nafar mutafakkiri roʻyxatiga, 2021-yilda BBC tomonidan „100 ayol“ roʻyxatiga kiritilgan.
Tarjimayi holi thumb|Dorul Omon saroyidagi graffiti (Kobul, Afgʻoniston) thumb|Shveysariyadagi Shamsia Hassanining graffitisi Shamsia Hassani 1988-yilda Tehronda tugʻilgan va bolaligini Eronda oʻtkazgan, urush tufayli ota-onasi Qandahordan vaqtincha bu yerga koʻchib kelgan. Bolaligidanoq rassomchilikka qiziqa boshlagan. Toʻqqizinchi sinfda oʻqiyotgan Hassani tasviriy sanʼat sinflarida rasm chizish bilan shugʻullanish imkoniyatiga ega emas boʻlmagan, chunki Eronda afgʻonlarga rasm chizishga ruxsat berilmagandi. 2005-yilda Kobulga qaytgach, Kobul universitetida sanʼat yoʻnalishida tahsil olgan. Hassani Afgʻonistonning Kobul universitetida rassomlik yoʻnalishida bakalavr va tasviriy sanʼat yoʻnalishida magistr darajasiga ega boʻlgan. Keyinchalik universitetda maʼruzalar oʻqishni boshlaydi, soʻngra Kobul universitetida rasm va anatomik rasm yoʻnalishida dotsent ilmiy unvoniga ega boʻladi, shuningdek, „Berang Arts“ zamonaviy sanʼat guruhini yaratgan. Shamsia rang-barang graffitilar yaratish orqali urushning salbiy oqibatlarini niqoblashga intiladi. Uning taʼkidlashicha, „obraz soʻzlarga qaraganda koʻproq taʼsirga ega va kurashning xayrixoh usulidir“. Shamsia oʻz sanʼati orqali Afgʻonistonda ayollar duch kelgan va duch kelayotgan fojialarni eslatib, ayollar huquqlari uchun ham kurashadi. Shamsia 2010-yil dekabr oyida Kobulda britaniyalik graffiti rassomi Chu tomonidan tashkil etilgan seminarlarda graffiti sanʼatini oʻrgangan. Ushbu mashgʻulotlardan soʻng Shamsia Kobul koʻchalari va devorlarda graffiti chizishni mashq qila boshlaydi. Graffiti chizish anʼanaviy sanʼat turlariga qaraganda arzonroq boʻlganligi sababli, Shamsia koʻcha sanʼatining ushbu turi bilan ishlashni davom ettirishga qaror qiladi. Asarlarining biri Kobul madaniyat markazi devorlarida joylashgan boʻlib, unda zinapoya tagida oʻtirgan burqa kiygan ayol tasvirlangan. Graffiti ostida ingliz tilidagi yozuv bor boʻlib, unda „Suv qurigan daryoga qaytishi mumkin, lekin oʻlgan baliq haqida nima deyish mumkin?“ () deb yozilgan. Ommaviy taʼqiblar va chizgan asarlarii „noislomiy“ degan daʼvolardan qochish uchun Shamsia oʻz asarlarini tezda (15 daqiqa ichida) chizib tugatishga harakat qiladi. 2013-yilda Shamsia shunday degandi: „Men devorlarga urush haqidagi yomon xotiralarni boʻyab qoʻymoqchiman va agar men bu yomon xotiralarni boʻyab qoʻysam, men (urushni) odamlarning ongidan oʻchirib tashlayman. Men Afgʻonistonning oʻz urushi bilan emas, balki sanʼati bilan mashhur boʻlishini istayman“ (). Shamsia asosan burqa kiygan ayollarning maʼlum uslubga solingan, monumental rasmlarini chizadi. Shamsia bu rasmlari orqali ayollarning afgʻon jamiyatiga yangi, yanada kuchliroq qiyofada qaytgani, ular gʻayratga toʻla, hammasini yangidan boshlashni istaydigan ayol ekanliklarini koʻrsatmoqchiligini aytib oʻtgan (). Hassani oʻz intervyusida shunday deydi: „Men Afgʻonistondagi ayollar duch keladigan barcha muammolarni unutib qoʻyadigan koʻplab odamlar borligiga ishonaman, shuning uchun men oʻz rasmlarimdan odamlarga buni eslatish vositasi sifatida foydalanaman. Men bu masalani burqa kiygan ayollarning keng tarqalgan tasvirlari orqali jamiyatda yoritmoqchiman… Men odamlarning ularga boshqacha qarashlariga harakat qilaman“ (). Kobulning koʻplab aholisi koʻchada graffiti chizayotgan ayolni islom nuqtayi nazaridan nomaqbul deb topgani uchun Shamsia tez-tez uchun bosimga uchraydi.
Manbalar
Havolalar
Turkum:1988-yilda tugʻilganlar Turkum:Kobul universiteti bitiruvchilari Turkum:Graffiti rassomlari Turkum:Afgʻoniston ayollari Turkum:Kobul universiteti oʻqituvchilari Turkum:BBC 100 ayol