Bingkudu masjidi (baʼzan Bengkudu masjidi deb ham yoziladi va Jamik Bingkudu masjidi deb ham ataladi) – Indoneziyadagi eng qadimgi masjidlardan biri. U Padriylar tomonidan Padri urushidan keyin Gʻarbiy Sumatrada 1823-yilda asos solingan. Minangkabau uslubidagi meʼmorchilikka ega bu masjid Gʻarbiy Sumatraning Agam regentligi, Canduang tumanidagi Nagari Canduang Koto Laweh, Jorong Bingkudu hududida joylashgan Bingkudu, Masjid Tua di Sumatera Barat . Media Indonesia. Retrieved March 26, 2012.. Dastlab qurilganida masjid binosining pol, ustun va devorlari yogʻochdan qilingan edi Mengenang Masjid Bingkudu. Padang Ekspres. Retrieved March 26, 2012..

Hozirda, islomiy ibodatlar uchun foydalanilishidan va talabalarga diniy taʼlim berish vositasi boʻlishidan tashqari, Bingkudu masjidi Jorong Bingkudu kambagʻallikni bartaraf etishni muvofiqlashtirish jamoasining shtab-kvartirasi sifatida ham ishlatiladiHarian Haluan Edisi 28 Mei 2011.. Shuningdek, 1989-yilda Agam regentligi hukumati tomonidan madaniy meros obyekti sifatida belgilangan. Shunday qilib, 1991-yilda masjidda umumiy restavratsiya ishlari boshlangan www.wisatamelayu.com Masjid Jamik Bingkudu, Kabupaten Agam, Sumatera Barat, Indonesia. Retrieved March 26, 2012..

Meʼmorchilik Asl tuzilmalar bugungi kungacha yaxshi saqlanib qolgan. Masjidning meʼmoriy xususiyatlarini, ayniqsa, ozgina botiqqa ega uch qatlamdan iborat tom shaklidan oson tanib olish mumkin.

Masjid Marapi togʻi etagida, dengiz sathidan 1 050 m balandlikda joylashgan boʻlib, 60 x 60 kvadrat metrlik maydonda qurilgan, binoning maydoni esa 21 x 21 metrni tashkil etadi. Bino balandligi yer sathidan tomning eng yuqori nuqtasigacha taxminan 19 metr. Bino yogʻochdan qurilgan, uch qavatli tom karkasi esa tolalardan yasalgan www.west-sumatra.com Masjid Tua Bingkudu. Retrieved March 26, 2012.. Rumah Gadang – minangkabau xalqi anʼanaviy turar joy binosi – kabi, masjid binosida ham yer sathidan 1,5 metr pastda kavak (boʻshliq) mavjud Masjid Jamik Bingkudu Dibangun Tanpa Gunakan Paku. Harian Haluan. Retrieved March 26, 2012..

Restavratsiya ishlari Avvalroq, 1957-yilda masjid tomi rux bilan almashtirilgan. Bu ish vaqt oʻtib yemirilgan tolali tomning holatini inobatga olgan holda mahalliy aholi tomonidan bajarilgan. Ikki yil oʻtgach masjid 1989-yilda madaniy meros obyekti sifatida belgilandi va Agam regentligiga topshirildi, shundan soʻng masjid toʻliq restavratsiyadan oʻtkazilgan. Natijada rux bilan almashtirilgan tom materiali yana tolalarga qaytarildi, yemirilgan qismlar esa asl holidagidek almashtirilib, qayta boʻyaldi Masjid Bingkudu Ampek Angkek Canduang. Lembaga Kantor Berita Nasional Antara Biro Sumatera Barat. Retrieved March 26, 2012..

Masjidning 1989-yildagi restavratsiyasi Gʻarbiy Sumatraning Tarixiy va Arxeologik Loyihalarni Muhofaza qilish va ulardan foydalanish loyihalari tomonidan tom, shift, deraza va minoraga eʼtibor qaratgan holda amalga oshirilgan. Shundan soʻng qabr, tahorat joyi, minbar, mehrob, hovuz, hamda minoraga yashin qaytargich oʻrnatish, atrof-muhitni tartibga keltirish va darvoza qurish ishlari bajarildi Pusat Peradaban di Kaki Gunung Merapi . Lembaga Kantor Berita Nasional Antara Biro Sumatera Barat. Retrieved March 26, Maret 2012..

Galereya

Yana qarang

Indoneziyada Islom Indoneziyadagi masjidlar roʻyxati

Manbalar

Havolalar

Turkum:Indoneziyadagi masjidlar