Qoraqishloq — Jizzax viloyati Baxmal tumanidagi qishloq aholi punkti. U Sangzor mahalla fuqarolar yigʻini hududida joylashgan.

Etimologiyasi Mutaxassislarning fikricha, tarkibida qora sifati mavjud boʻlgan turkiy etnonimlar soni besh yuzdan ortiq. Qirq va qoʻngʻirot qabilalarining ayrim tarmoqlari qora yoki qoracha nomi bilan atalgan.Shoniyozov K. Oʻzbek xalqining shakllanish jarayoni. Toshkent, 1971.

Mazkur qishloq aholisining katta qismini ana shu etnik guruh vakillari tashkil etganligi sababli aholi punkti Qoraqishloq deb nomlangan.

Soha mutaxassislari qora soʻzi baʼzi toponimlarda “katta”, “yirik” maʼnosini ham bildirishi mumkinligini taʼkidlaydilar. Masalan, qoratosh, qoramol, qoratepa kabi nomlarda bu maʼno kuzatiladi.Nafasov T. Oʻzbekiston toponimlari izohli lugʻati. Toshkent, 2009.

Bundan tashqari, ayrim hududlarda qora soʻzi rang maʼnosini ham anglatadi. Bunday joylarda toʻrtlamchi davrga oid grafitli slanes yotqiziqlari yer yuzasiga chiqib, geografik nomlarda aks etgan.

Tarixiy maʼlumotlarga koʻra, Baxmal tumani dastlab tashkil etilgan paytda (1943-yil) Qoraqishloq tumani deb atalgan.

Manbalar

Kategoriya:Baxmal tumani qishloqlari Kategoriya:Jizzax viloyati aholi punktlari