Sartyuzi — Jizzax viloyati Baxmal tumanidagi qishloq aholi punkti. U Oyqor mahalla fuqarolar yigʻini hududida joylashgan.

Nomining kelib chiqishi Qishloq nomi sart va yuz soʻzlaridan tashkil topgan. Oʻzbek tilining izohli lugʻatida sart soʻzi ko‘chmanchilikdan o‘troq turmush tarziga o‘tgan aholi guruhiga nisbatan ishlatilgan tarixiy atama sifatida izohlanadi.Oʻzbek tilining izohli lugʻati. Moskva, 1981.

Tadqiqotchi X. Doniyorovning fikricha, sartlar qadimdan hozirgi Oʻzbekiston hududida yashab kelgan va XVI asrgacha oʻzlarini turklar deb atagan o‘zbeklarning bir qismi hisoblanadi.Doniyorov X. Oʻzbek xalqining etnik tarkibi. Toshkent, 1968.

B. Oʻrinboyevning yozishicha, yuz qabilasining bir tarmogʻi sartjuzi (sartyuzi) deb atalgan.Oʻrinboyev B. Oʻzbekiston toponimlari. Toshkent, 2007.

Shu sababli Sartyuzi — sartyuzi etnik guruhi vakillari yashagan qishloq nomi sifatida shakllangan.

Manbalar

Turkum:Baxmal tumani Turkum:Qishloqlar