Manmit Kaur — pokistonlik jurnalist va ijtimoiy ish xodimi. Pokistondan chiqqan birinchi sikh jurnalist.

Shaxsiy hayoti Manmit Kaur Pokistonning Xaybar Paxtunxva viloyati Peshovar shahridan. Ular oilada besh farzand. Otasi nafaqadagi tadbirkor. Kaur Peshovardagi Jinnoh ayollar kollejida ijtimoiy fanlar boʻyicha magistratura darajasini egallagan. Manmit turmush qurgan va bir farzandi bor.

Faoliyati Dastlab Manmit model boʻlishni istagan va Pokistondagi birinchi sikh model boʻlishni orzu qilgan. Biroq oʻzining aytishicha, Pokistondagi sikh jamoasi uchun koʻplab ijtimoiy va madaniy masalalarni yoritishni ham xohlagan va shu sababli jurnalistika sohasi bilan shugʻullanishni tanlagan. Ammasi Rajesh Toni Singh Kaurni jurnalistika faoliyati bilan shugʻullanishi uchun ruhlantirgan. Manmit jurnalistikadagi faoliyatini boshlagan paytida oilasi uni qoʻllab-quvvatlamagan edi, chunki ular ayollar uchun uydan tashqarida ishlash nomunosib deb hisoblashgan. Biroq Manmitning sikh jamoasi haqidagi hikoyalarni yoritishga eʼtibor qaratishi oxir-oqibat kishilarni xursand qilgan va tez orada u oʻz oilasining qoʻllab-quvvatloviga erishgan.

Jurnalist sifatida faoliyat yuritishidan oldin Manmit uch yil davomida kompyuter akademiyasida administrator boʻlib xizmat qilgan.

2018-yilda Manmit xususiy boshqariladigan „HUM TV“ yangiliklar kanaliga ishga kirgan va u yerda Pokistondagi birinchi sikh ayol jurnalistiga aylangan. U, shuningdek, Pokistondagi sikh ozchilik jamoasi hayotiga oid hikoyalarni yoritish hamda ayollar huquqlarini himoya qilish bilan ham shugʻullangan.

Mukofotlari 2020-yilda 25 yoshida Manmit Kaur Buyuk Britaniyada joylashgan xalqaro sikh diniy tashkiloti „The Sikh group“ tomonidan 30 yoshgacha boʻlgan eng kuchli taʼsirga ega 100 nafar sikh shaxslari roʻyxatiga kiritilgan. Ushbu mukofot sikhlarning biznes, sport, xayriya, OAV, koʻngilochar sohalar, taʼlim, fidokorona koʻngilli xizmatlari hamda boshqa eʼtiqod vakiliga multikulturalizmni targʻib qilgani va shu kabi yoʻnalishlarda amalga oshirgan xizmatlari uchun taqdim qilinadi. 2020-yilgi roʻyxatga Ammy Virk, Guru Randhawa, Sidhu Moosevala, Sonam Bajwa va Jass Manak kabi koʻplab mashhur kishilar kiritilgan edi.

Yangiliklar muxbiriga bergan intervyusida Manmit Kaur shunday degan edi: „Mehnat qilganlar mukofotini oladi. Buyuk Britaniyaga borib, Pokiston nomidan vakillik qilish oilam uchun katta sharafdir“.

U, shuningdek, ozchiliklar va ayollar duch keladigan muammolarni yoritgani uchun ham koʻplab mahalliy mukofotlar bilan taqdirlangan.

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Pokistonlik jurnalistlar Turkum:Pokistonlik ayollar huquqlari faollari Turkum:Peshovarliklar