Shodiya Sulton (; 1886-yil 30-noyabr — 1977-yil 20-noyabr) — Usmoniylar malikasi, sulton Abdulhamid II va Emsalinur Kadınning qizi.

Yoshligi va taʼlimi Shodiya Sulton 1886-yil 30-noyabrda Yıldız saroyida tugʻilgan. Uning otasi Usmoniylar imperiyasi sultoni Abdulhamid II boʻlib, u Abdulmajid I va Tirimüjgan Kadınning oʻgʻli edi. Onasi Emsalinur Kadın boʻlgan. Shodiya Sulton Emsalinur Kadınning yagona farzandi edi.

Shodiya Sulton Yıldız saroyining Kichik kanselyariyasidagi dars xonasida oʻzidan kichik singlisi Oysha Sulton bilan birga taʼlim olgan. Ularning ustozlari maxfiy kotib Hasib afandi va Komil afandi edi. Hasib afandi Qur’on, arab tili va fors tilidan dars berar, Komil afandi esa turkcha oʻqish-yozish, Usmoniylar grammatikasi, arifmetika, tarix va geografiyadan taʼlim berishi kerak edi.

Unashtiruv

1909-yil 31-martda sulton Abdulhamid uni Kichik Said poshoning oʻgʻli Ali Nomiq bey bilan unashtirgan. 1909-yilda otasi taxtdan agʻdarilgach, malika otasi bilan birga Salonikiga surgunga ketgan. Keyingi yili u Istanbulga qaytgan. Biroq Said poshoning Abdulhamid II ga qarshi munosabati sababli unashtiruv bekor qilingan. Anvar posho ham Shodiya Sultondan Ali Nomiq beyga turmushga chiqishini soʻragan, ammo u bu taklifni rad etgan, chunki Said posho otasining taxtdan tushirilishida ishtirok etgan edi. Keyinchalik Shodiya Sulton Zulufli Ismoil poshoning oʻgʻli bilan unashtirilgan. Posho xushmuomala va koʻrkam yigit edi. Biroq Usmoniylar hukumati bu nikohga qarshi chiqqan.

Birinchi nikohi

Shodiya Mustafo Fozil beyning oʻgʻli, taqvo fondlari vaziri lavozimida uzoq xizmat qilgan, halolligi va toʻgʻriligi bilan haqli ravishda tanilgan Gʻolib poshoning nabirasi Fahir beyga unashtirilgan. Fahir jozibador, xushfeʼl va yaxshi tarbiya topgan kishi edi. Ularning nikohi 1910-yil 2-dekabrda Nishontoshi saroyida boʻlib oʻtgan. Juftlikning 1918-yilda tugʻilgan Samiya Xonimsulton ismli qizi boʻlgan. 1922-yil 27-sentyabrda Fahir bey vafot etgach, Shodiya Sulton beva qolgan.

Xayriya faoliyati 1912-yilda 1877-yilda Istanbul va shahar atrofidagi jamoalarga tibbiy yordam koʻrsatish uchun tashkil etilgan „Usmoniylar Hilol-i Ahmar jamiyati“ doirasida „Ayollar uchun Hilol-i Ahmar markazi“ tuzilgan. 1915-yil may oyida Gelibolu kampaniyasi paytida ushbu tashkilot aʼzosi sifatida Shodiya Sulton Shishlidagi gospitalda yotgan askarlarning har biriga ikkita sigaret qutisi va bir oz pul ehson qilgan.

Ikkinchi nikohi

1924-yil mart oyida Usmoniylar oilasi surgun qilingach, Shodiya Sulton Parijga joylashgan va u yerda 1931-yil 28-oktyabrda Rashod Holis beyga turmushga chiqqan. Ular farzand koʻrmagan. 1944-yil noyabrida eri vafot etgach, Shodiya Sulton yana beva qolgan. Shundan soʻng u qizi yashab turgan Qoʻshma Shtatlarga koʻchib oʻtgan va Ikkinchi jahon urushi tugaganidan soʻng Yevropa boʻylab koʻp sayohat qilgan. Nihoyat, 1953-yilda Istanbulga qaytgan, chunki bundan bir yil avval Usmoniylar malikalariga nisbatan belgilangan surgun bekor qilingan edi .

Keyingi hayoti va vafoti Erining vafotidan soʻng Shodiya Hotel Saint-Honorega koʻchib oʻtgan va ukasi Shahzoda Abdurrahim Hayriyning xonasiga qoʻshni xonaga joylashgan. Usmoniylar malikalari uchun belgilangan surgun qonuni bekor qilingach, 1952-yilda Shodiya Sulton Istanbulga qaytguniga qadar oʻsha yerda yashagan .

1966-yilda u oʻz xotiralarini „Hayatımın acı ve tatlı günleri“ () nomi bilan nashr ettirgan. Oʻsha yili u otasining hayoti haqida 1966-yil 15-iyunda chop etilgan 253-sonli „Yeni Istiklal“ jurnalidan muxbir Muzaffar Budak Seyfettinoʻgʻliga intervyu bergan .

Shodiya Sulton 1977-yil 20-noyabrda 90 yoshida Cihangirda vafot etgan. U onasidan 25 yil koʻproq umr koʻrgan, shuningdek, sulton Abdulhamidning tirik qolgan oxirgi farzandi edi. Vafotidan keyin sulton Mahmud II ning Istanbulda joylashgan maqbarasiga dafn etilgan. Qizi undan 15 yil koʻproq yashagan va 1992-yilda vafot etgan.

Mukofotlari Usmoniylar xonadoni ordeni „Majidiy“ ordeni 1-darajali „Saxovat“ ordeni Liyoqat oltin medali Iftixor sanoat oltin medali Hijoz temir yoʻli oltin medali

Farzandlari Ismi Tugʻilgan Vafot etgan Izohlar1910-yil 2-dekabrda turmush qurgan Fahir beydan (1882–1922-yil 27-sentyabr) Samiya Xonimsulton 1918 1992-yil 20-noyabr Nishontoshi saroyida tugʻilgan, turmush qurgan, ammo farzandsiz.

Shajarasi

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:1886-yilda tugʻilganlar Turkum:1977-yilda vafot etganlar Turkum:19-asr Usmoniylar imperiyasi malikalari Turkum:20-asr Usmoniylar imperiyasi malikalari Turkum:Abdulhamid II ning qizlari