Kocatepe masjidi () Germaniyaning Bavariya shahri tarkibidagi Ingolstadt hududida joylashgan masjid va islomiy madaniyat markazidir.

Tarixi Ingolstadtdagi Turk-islom assotsiatsiyasi Diyanet İşleri Türk İslam Birliği (DİTİB) tomonidan 1987-yil 12-mayda tashkil etilgan boʻlib, 540 nafar aʼzoga ega.

Masjid 5.5 million yevro mablagʻ evaziga 2008-yilda qurib bitkazilgan.

Meʼmorchilik Masjid Uch qavatli masjid neo-usmonli meʼmorchiligidan ilhomlangan, ikkita balandligi taxminan boʻlgan minoraga hamda balandligi taxminan boʻlgan katta gumbazga ega. Namozxona oq va moviy gilamlar bilan qoplangan boʻlib, 800 nafar ibodat qiluvchi sigʻimiga ega, bundan tashqari ayollar uchun li balkon-qavat mavjud. Masjid devorlari turli xil xattotlik namunalari bilan bezatilgan.

Madaniyat markazi Madaniyat markazining maydoni . Podval qavatida omborxona va sanitariya xonalaridan tashqari, dafn marosimlari uchun morg va tahorat uchun ajratilgan xonalar mavjud. Birinchi (pastki) qavatda oziq-ovqat doʻkoni, restoran hamda klub binolari joylashgan. Ikkinchi qavatda esa yoshlarga moʻljallangan xonalar, kutubxona, ayollar xonalari va bolalar xonalari, shuningdek, maʼruza zallari va ofis xonalari mavjud.

Yondosh joylashgan maydoni boʻlgan binoda Qur’on maktabi hamda ikkita xonadon mavjud boʻlib, ulardan biri imomga, ikkinchisi esa xo‘jaboshiga moʻljallangan.

Yana qarang

Germaniyada Islom Germaniyadagi masjidlar roʻyxati

Manbalar

Havolalar

Turkum:Germaniyadagi masjidlar Turkum:21-asr masjidlari