Tuba Azmuda (; 1878–1936) 1907-yilda Eronda qizlar uchun birinchi maktabni tashkil etgan eronlik maʼrifatparvar edi. U jamiyatining uzluksiz qarshiligiga qaramay, maktabni saqlab qoldi va kengaytirdi.

Hayoti Tuba Azmuda oʻn toʻrt yoshida armiyada ofitser boʻlib ishlagan odamga turmushga chiqqan. Eri uning oʻqishini davom ettirishini qoʻllab-quvvatlagan va u taʼlimini ham mustaqil ravishda, ham til oʻqituvchilari yordami bilan davom ettirgan.

Namus maktabi 1907 yoki 1911-yilda bir guruh ayollar Tehronda uchrashib, Eron qizlarining taʼlimini yaxshilash masalasini muhokama qilish va bu borada ishlash uchun toʻplandilar. Oʻsha vaqtda qizlar odatda uylaridan tashqarida oʻqitilmas edi. Chet elliklar tomonidan qizlar uchun bir nechta maktablar 1874-yildayoq ochilgan boʻlsa-da, Eron hukumati 1896-yilgacha musulmon qizlarning maktablarga borishiga ruxsat bermagan

Uchrashuvdan soʻng Tuba Azmuda Eronning oʻzida qizlar uchun birinchi eroncha maktabni ochdi. U maktab Namus maktabi (taxminan „sharaf“ maʼnosidagi nomus soʻzidan olingan) deb ataldi. U maktabni oʻzining Tehrondagi uyida yuritdi va u yerda yigirma qizni oʻqitdi. Davlat maktabi boʻlmagani sababli, uni himoya qilish bevosita Tuba Azmudaning oʻz zimmasida edi. U va uning shogirdlari jamiyat va hukumat tomonidan jiddiy tanqidlarga uchradilar. Qizlar oʻz uylaridan tashqarida oʻqiyotgani uchun tanqid qilinib, fohishalikda ayblangan. Tuba Azmuda doimiy ravishda oʻz hayoti va maktabga qarshi tahdidlar olib turdi va axloqsizlikda ayblanib kamsitildi.

Nomus maktabi hajmi va oʻquv dasturi jihatidan kengaydi, va Tuba Azmuda oxir-oqibat erini hamda doʻstlarini dars berishga jalb qildi. Maktab asta-sekin maʼlum obroʻga ega boʻldi va ilgʻor qarashdagi eronliklar oʻz qizlarini shu yerda oʻqishga yubora boshladilar. Keyinchalik Tuba Azmuda katta yoshda boʻlgan ayollar uchun ham savodxonlik kurslarini taklif eta boshladi.

Merosi Tuba Azmuda Eronning boshqa ayol maʼrifatparvarlariga ilhom berganlikda eʼtirof etiladi. Uning bir qancha shogir qizlari keyinchalik oʻzlari ham oʻrta maktab oʻqituvchisi boʻlib oʻqishgan.

Keyinchalik Nomus maktabining nomi „Shahnaz oʻrta maktabi“ etib oʻzgartirildi.

Manbalar

Turkum:Musulmon ayollar taʼlimi Turkum:1878-yilda tugʻilganlar Turkum:1936-yilda vafot etganlar Turkum:Qizlar maktabi asoschilari