Ismoil b. Abdurahmon b. Di-l-Nun (Toledoda 1043-yilda vafot etgan; Ismaíl al-Zafir, Ismaíl az-Záfir yoki shunchaki “Al-Zafir” (gʻolib) nomlari bilan ham tanilgan) — Dilnuniylar sulolasidan chiqqan Toledo taifasining birinchi hukmdori. 1032-yildan 1043-yilda vafotigacha hukmronlik qildi va undan keyin o‘g‘li Al-Maʼmun taxtga o‘tirdi.
Hayoti Ismoil az-Zafir Santaver, Uete, Uclés va Kuenca hokimi Abdurahmon ibn Di-l-Nunning o‘g‘li edi. 1018-yilda, balog‘atga yetgach, otasi Uclés boshqaruvini oʻz nomidan oʻgʻliga topshirdi va keyinroq hukmdorlaridan norozi bo‘lgan shahar aholisi iltimosiga ko‘ra uni Toledoga yubordi. Bu yerda az-Zafir 1032-yilda yangi taifani mustahkamladi. Singlisi Saragosa taifasi hukmdori Yahyo al-Muzaffarga turmushga chiqdi va ularning farzandi Mundir II edi.
Al-Zafirning mashg‘ulotlaridan biri she’riyat bo‘lib, bir nechta she’rlar yozgan. Ilm-fan va san’atning, xususan adabiyotning homiysi edi; bu qiziqishlarni keyinchalik uning o‘g‘li Al-Maʼmun ham davom ettirdi.
U 1043-yilda vafot etgan.
Manbalar
Turkum:1043-yilda vafot etganlar Turkum:Tugʻilgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar Turkum:Al-Andalusdagi 11-asr monarxlari Turkum:11-asr arab tili shoirlari