Angela Ghayour (1985-yil, Hirot, Afgʻoniston) — afgʻonistonlik pedagog va ayollar huquqlari himoyachisi. Eronda qochqin sifatida rasmiy taʼlim bilan bogʻliq qiyinchiliklarga duch kelganidan soʻng, boshqa qochqin bolalarga savodxonlik va hisoblash koʻnikmalarini oʻrgata boshladi. „Afgʻoniston taʼlim harakati“ () tashkilotiga asos solgan.

Tarjimayi holi Angela 1985-yil dekabr oyida Afgʻonistonning Hirot shahrida tugʻilgan va Eronda qochqin sifatida yashagan yillarining ilk davrida rasmiy taʼlim olishda qiyinchiliklarga duch kelgan. 2002-yilda Afgʻonistonga qaytgach, Hirot universitetida oliy maʼlumot olib, fors adabiyoti boʻyicha ilmiy darajaga ega boʻlgan. Afgʻon sinflaridagi dars oʻtish tajribasi va Tolibon hukumatining taʼlimga boʻlgan siyosati Angelaga qattiq taʼsir koʻrsatgan. 2021-yilda Tolibonning hokimiyatga qaytishi paytida „Hirot“ onlayn maktabiga va soʻngra Buyuk Britaniyada joylashgan „Afgʻoniston taʼlim harakati“ xayriya tashkilotiga asos solgan. Tashkilot taʼlim resurslarini va sifatli taʼlim olish imkoniyatini taqdim qiladi, mamlakatda davom etayotgan qiyinchiliklarga qaramay afgʻon qizlari va ayollarining taʼlim olish imkoniyatlariga sharoit yaratib keladi. 2021-yilda BBCning „100 ayol“ roʻyxatiga kiritilgan.

Manbalar

Turkum:1985-yilda tugʻilganlar Turkum:BBC 100 ayol Turkum:Afgʻoniston ayollari