Gohar Harutyunyan (, Goar Harutyunyan deb ham ataladi; 2002-yil 14-iyulda tugʻilgan) — armanistonlik oʻq otish sporti bilan shugʻullanuvchi sportchi. 10 metr va 50 metrga harakatlanuvchi nishonga oʻq otish boʻyicha musobaqalarda ishtirok etadi. 2024-yilda 10RT20 va 10RT20MIX yoʻnalishlarida Yevropa chempionligini qoʻlga kiritgan.

Faoliyati Gohar Harutyunyan oʻsmirlik chogʻida bobosi Gagik Meloyan maslahati bilan oʻq otish sporti bilan shugʻullanishni boshlagan. Bobobi 2019-yilda vafot etguniga qadar nabirasiga murabbiylik qilgan. Shundan keyin Harutyunyan murabbiy Razmik Minasyan, soʻngra Armenak Galoyan qoʻl ostida sport mashgʻulotlarini davom ettirgan. Uning ilk musobaqasi bolalar va oʻsmirlar sport maktabi ochiq chempionati boʻlib, ushbu musobaqada 3-oʻrinni egallashga muvaffaq boʻlgan. Harutyunyan 13 yoshida Armaniston chempionatida ishtirok etgan va gʻoliblikni qoʻlga kiritgan. 2025-yilda unga Edgar Baghdasaryan murabbiylik qilganԿայացել է հրաձգության Հայաստանի առաջնությունը [Armenian Shooting Championship held], May 6, 2025.

2019-yilning mart oyida oʻtkazilgan 2019-yilgi 10 m masofaga oʻq otish boʻyicha Yevropa chempionatida Harutyunyan jamoaviy bahsda Lilit Mkrtchyan va Arusyak Grigoryan bilan birgalikda ishtirok etib, musobaqaning bronza medalini qoʻlga kiritgan.

2022-yil mart oyida boʻlib oʻtgan 2022-yilgi 10 m masofaga oʻq otish boʻyicha Yevropa chempionatida ishtirok etib, oʻsmir qizlar oʻrtasida harakatlanuvchi nishonga oʻq otish boʻyicha yakkalik hamda aralash bahslarda oltin medallarni qoʻlga kiritgan. Gohar Harutyunyan hamda Gor Xachatryan juftligi harakatlanuvchi nishonga oʻq otish boʻyicha aralash bahslarda musobaqaning oltin medaliga ega chiqqan.

2022-yil avgust oyida oʻtkazilgan 2022-yilgi harakatlanuvchi nishonga oʻq otish boʻyicha jahon chempionatida u oʻsmir qizlar oʻrtasida musobaqaning bronza medalini qoʻlga kiritganChateauroux 2022 ISSF World Championships, 01 — 09 Aug 2022 Results Book.

2024-yil avgust oyida Chexiyaning Plzeň shahrida boʻlib oʻtgan 2024-yilgi harakatlanuvchi nishonga oʻq otish boʻyicha Yevropa chempionatida Harutyunyan uchta oltin medalni qoʻlga kiritgan. U ayollar oʻrtasida 10 metrga harakatlanuvchi nishonga oʻq otish bahsida musobaqa gʻolibiga aylangan. Gohar Harutyunyan, Lilit Mkrtchyan, Arusyak Grigoryandan iborat Armaniston jamoasi aralash estafeta bahslarida Yevropa chempionligini qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻlgan. Gor Xachatryan va Gohar Harutyunyan juftligi esa harakatlanuvchi nishonga oʻq otish boʻyicha aralash bahslarda musobaqa chempioniga aylangan.

2025-yil iyul oyida Fransiyaning Châteauroux shahrida boʻlib oʻtgan 2025-yilgi oʻq otish boʻyicha Yevropa chempionatida u ayollar oʻrtasida 50 metrga harakatlanuvchi nishonga oʻq otish boʻyicha yakkalik bahsida 380 ochko bilan kumush medalni qoʻlga kiritgan. Shuningdek, ayollar oʻrtasida 10 metrga harakatlanuvchi nishonga oʻq otish boʻyicha aralash jamoaviy bahsda Gohar Harutyunyan, Lilit Mkrtchyan, Arusyak Grigoryan jamoasi 1103 ochko bilan oltin medalga sazovor boʻlgan. Arusyak Grigoryan, Gohar Harutyunyan hamda Lilit Mkrtchyan jamoasi 10 metrga harakatlanuvchi nishonga oʻq otish boʻyicha jamoaviy bahsda musobaqaning kumush medaliga sazovor boʻlgan.

Manbalar

Turkum:2002-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:21-asr armanistonlik sportchi ayollar Turkum:Armanistonlik oʻq otuvchi ayollar