thumb|300px|right|Curiosity marsyurari yigʻilgan holda. NASA Reaktiv Harakat Laboratoriyasi, 26-may, 2011. thumb|300px|right|Curiosity Marsga qoʻnmoqda. Mars Reconnaissance Orbiter olgan surat, 5-avgust, 2012. Curiosity (; inglizchadan tarjimasi: Qiziquvchanlik) NASA loyihasi boʻlib, Mars sayyorasini oʻrganuvchi robotdir.

Marsyurar yadroviy oziqlanuvchi koʻchma ilmiy laboratoriya boʻlib, oʻnlab uskunalar bilan qurollangan. U NASA'ning Mars Science Laboratory (MSL; Mars Ilmiy Laboratoriyasi) vazifalaridan biridir. MSL vazifalariga quyidagi ilmiy ishlar kiradi: Mars iqlimi va geologiyasini oʻrganish, Marsda hayot boʻlgan-boʻlmaganligini tekshirish va Marsdagi suv ahamiyatini tadqiq etish. Curiosity Mars sathida eng koʻp ilmiy uskuna tashiydigan robotdir.

Curiosity 2011-yil 26-noyabrida Yerdan uchib, 2012-yil 6-avgustida (NASA shtabi vaqti bilan 5-avgustda) Marsning Gale krateriga muvaffaqiyatli qoʻndi. Tez orada u fotosuratlar olib, Yerga uzatdi.“Curiosity” Marsdan ilk suratlarni joʻnatdi, kun.uz

Yana qarang Spirit marsyurari

Manbalar

Havolalar MSL, NASA Curiosity Twitter hisobi