Diana Maksimovna Shnaider (; 2004-yil 2-aprelda tugʻilgan) — rossiyalik professional tennischi. 2025-yilda yakkalik bahslari boʻyicha dunyo reytingida 11-oʻrin va juftlik bahslari boʻyicha 8-oʻringa egallagan. Bu uning Ayollar tennis assotsiatsiyasi (WTA) reytingidagi eng yuqori koʻrsatkichlari hisoblanadi. Shnaider WTA turnirida yakkalik yoʻnalishida besh karra, juftlik bahslarida esa ikki karra chempionlikni qoʻlga kiritgan. 2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida ayollar oʻrtasida juftlik bahslarida Mirra Andreeva bilan birgalikda kumush medalni qoʻlga kiritgan"2024 Olympics: Russians Win First Medal in Paris with Womenʼs Tennis Doubles. Le Monde. Sunday, August 4, 2024. Retrieved 5 August 2024..
Yoshligi Diana Shnaider 2004-yil 2-aprelda Rossiyaning Jigulevsk shahrida tugʻilgan. Otasining ismi Maksim, onasining ismi esa Yulia boʻlgan. Otasi yurist boʻlib, asli nemis millatiga mansub sobiq bokschi, onasi esa ingliz tili oʻqituvchisi boʻlgan. Keyinchalik oilasi Tolyatti shahriga koʻchib oʻtgan.
Shnaider toʻrt yoshida tennis oʻynashni boshlagan. Sakkiz yoshida esa sport bilan jiddiy shugʻullanishni boshlab, Moskvada murabbiy Samvel Minasyan qoʻl ostida mashgʻulotlar olib borgan. 2022-yilda AQSHga koʻchib oʻtib, u yerda Shimoliy Karolina davlat universitetiga oʻqishga kirgan va NC State Wolfpack jamoasi tarkibida kollejdagi tennis musobaqalarida qatnashgan.
Shnaider musobaqalarda koʻk rangli, oq nuqtali bandana roʻmolcha taqadi. Bu esa sportchining kortdagi oʻziga xos koʻrinishi hisoblanadi. U bolaligidan quyoshda kuyib qolmaslik uchun boshiga roʻmolcha oʻrashi boshlangan, chunki sportchi kepka va shunga oʻxshash boshqa bosh kiyimlarga qaraganda roʻmolchani afzal koʻradi.
Faoliyati Diana Shnaider 2021-yilgi Wimbledon chempionatida ayollar oʻrtasida juftlik bahslarida belaruslik sportchi Kristina Dmitruk bilan birga gʻoliblikni qoʻlga kiritgan. Shuningdek, sportchi 2022-yilgi Avstraliya Ochiq chempionatida amerikalik tennischi Clervie Ngounoue bilan juftlik bahsida musobaqa chempioni boʻlgan.
ITF oʻsmirlar turnirida Shnaider 2021-yil 13-dekabr kuni 3-oʻrinni qoʻlga kiritgan. Ushbu natijasi orqali sportchi umumiy reytingda oʻzining eng yuqori natijasiga ega boʻlgan.
Shnaider ilk marotaba WTA 125 turniridagi gʻalabasini turnir doirasida 2022-yilgi Montevideo ochiq turniri yakkalik bahslarida qoʻlga kiritgan. Sportchi musobaqa finalida Léolia Jeanjeanni magʻlubiyatga uchratgan.
2025-yilda Shnaider Mirra Andreeva bilan birgalikda WTA 1000 musobaqasi doirasida 2025-yilgi Miami ochiq turnirida ayollar oʻrtasida juftlik bahslarida ilk bor gʻoliblikni qoʻlga kiritgan. Ular finalda Cristina Bucșa hamda Miyu Katoni magʻlub etgan.
Manbalar
Havolalar
Diana Shnaiderning sahifasi
Turkum:2004-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Rossiyalik ayol tennischilar Turkum:2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida medal sohiblari