Anarkali Kaur Honaryar (XX asr, Afgʻoniston) — sikhlardan boʻlgan afgʻonistonlik siyosatchi. Bundan tashqari, Anarkali ayollar huquqlari himoyachisi va shifokor-stomatolog.
Tarjimayi holi Anarkali Afgʻonistonda tugʻilgan. Afgʻonistonda 30 mingga yaqin sikhlar va hinduiylar yashashadi. Anarkali Afgʻoniston Milliy Assambleyasining musulmon boʻlmagan birinchi aʼzosi. 2001-yilda Tolibon hokimiyati agʻdarilgan paytda Anarkali Kobul universitetining tibbiyot fakultetida tahsil olgan. Tolibon hokimiyati qulaganidan keyin Anarkali Afgʻonistonning muvaqqat hukumatini tanlagan Loya jirgʻasi hamda Afgʻoniston Konstitutsiya qoʻmitasi aʼzosi boʻlgan. 2006-yilda Anarkali Afgʻoniston Inson huquqlari boʻyicha mustaqil komissiyasi aʼzosi boʻladi. 2010-yilda Anarkali mamlakatning Meshrano jirgʻasiga saylanadi va bunga erishgan musulmon boʻlmagan birinchi ayol hisoblangan, 2015-yil oʻrtalarida jirgʻadagi faoliyatini yakunlaydi. 2021-yilda Kobulning Tolibon tomonidan egallanishi paytida, yaʼni 2021-yil 22-avgustda Afgʻonistondan Hindiston kuchlari tomonidan qutqarilgan hindlar bilan birga Hindistonga kirib kelgan.
Manbalar
Turkum:21-asr afgʻon siyosatchilari Turkum:Afgʻoniston ayol shifokorlari Turkum:Afgʻoniston siyosatchi ayollari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar