Suraya Pakzad (1975-yil, Afgʻoniston) — afgʻonistonlik ayollari huquqlari himoyachisi.
Tarjimayi holi Suraya Pakzad 1975-yil Afgʻonistonda tugʻilgan. 1998-yilda Suraya qizlarga oʻqishni oʻrgatadigan „Ayollar ovozi“ () tashkilotiga asos solgan, hozirda tashkilot ayollarga boshpana, maslahat berish va ish oʻrgatish bilan ham shugʻullanadi. Tashkilot 2001-yilgacha Tolibon tufayli yashirin ravishda faoliyat olib borgan. Tolibonning olib borgan siyosati tufayli tashkilotda oʻqishni oʻrgatayotgan qizlar qoʻlga tushishdan qoʻrqib, ikki marotaba kitoblarini yoqib yuborishga majbur boʻlishgan. 2001-yilda „Ayollar ovozi“ tashkiloti rasmiy ravishda nodavlat notijorat tashkilot deb eʼlon qilingan va 2002-yilda Afgʻoniston hukumatida tomonidan rasman roʻyxatdan oʻtkazilgan. Shuningdek, Suraya boshchiligida tashkilot Afgʻoniston konstitutsiyasini ishlab chiqishga yordam bergan. Pakzad 2008-yilda AQSh davlat kotibi tomonidan „Jasorati uchun“ xalqaro ayollar mukofoti va Afgʻoniston prezidenti tomonida „Malali medali“ bilan taqdirlangan. Suraya 2009-yilda „Time 100“ roʻyxatiga kiritilgan. 2010-yilda Pensilvaniya universitetining faxriy doktor unvonini va Burlington okrugi kollejida faxriy sanʼat doktori unvonini olgan, shuningdek, „Clinton Global Citizen Awards“ mukofoti bilan taqdirlangan. 2011-yilda Newsweek Surayani dunyoni lol qoldirgan 150 ayoldan biri deb eʼlon qiladi. 2012-yilda Pakzad Germaniyadagi Avstriya ayollar yetakchilik jamgʻarmasi tomonidan „Yilning yetakchi ayoli“ mukofoti bilan taqdirlangan.
Manbalar
Turkum:1975-yilda tugʻilganlar Turkum:Afgʻoniston ayollari