Katie Ann Holtham (1986-yil 9-aprelda tugʻilgan) — ingliz ayol futbolchisi, yarim himoyachi ampulasida oʻynagan. U faoliyatini Avstraliya Ayollar A-ligasining „Perth Glory“ klubida yakunlagan.

Holthamning sobiq jamoasi „Leeds Carnegie“ klubidagi murabbiyi Rick Passmoor uni „kuchli, jismonan baquvvat va maydonning ikki tomonida ham samarali harakat qiladigan yarim himoyachi“ sifatida tavsiflagan.

Karyerasi Holtham West Bridgford Schoolda tahsil olgan va yoshligidanoq futboldagi iqtidorini namoyon etga boshlagan. U klub miqyosidagi faoliyatini „West Bridgford Colts“ safida boshlagan hamda bu yerda ingliz kriketchisi va Ayollar Ashes musobaqasi gʻolibi Jenny Gunn bilan birga oʻynagan. Shuningdek, u „Notts County Centre of Excellence“ tarkibida ham toʻp surgan, biroq yoshga oid cheklovlar sabab „aralash jamoalar“da oʻynashni toʻxtatishga majbur boʻlgan. Ushbu muammoni bartaraf etish maqsadida uning otasi „West Bridgford Colts Girls“ jamoasini tashkil etgan.

Holtham keyinchalik „Lincoln City“ tarkibida Angliya Ayollar Premer-ligasining Shimoliy divizionida oʻynagan, soʻng 2004-yilda „Bristol Rovers“ bilan shartnoma imzolagan. „Gas Girls“da sardorlik qilganidan soʻng, u 2006-yilda „Charlton Athletic“ safiga koʻchib oʻtgan.

Terma jamoadagi karyerasi Holtham Angliya ayollar terma jamoasining 17, 19, 20 va 23 yoshgacha boʻlgan yosh toifasidagi jamoalari sharafini himoya qilgan mamlakat sharafini himoya qilgan. U 2005-yilda UEFA Ayollar U-19 Yevropa chempionatida mamlakat jamoasining sardori boʻlgan.

Shuningdek, u bir necha bor kattalar terma jamoasi tarkibiga jalb etilgan, biroq rasmiy uchrashuvlarda maydonga tushmagan. Manbalar

Turkum:Ayol futbolchilar Turkum:Nottingemda tugʻilganlar Turkum:Futboldagi ayol yarim himoyachilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Chelsea F.C.W. futbolchilari