Do‘stlik () — Oʻzbekiston Respublikasi Jizzax viloyati Mirzachoʻl tumaniga qarashli mahalla. Mirzacho‘l tumani hokimining 2006-yil 22-sentabrdagi 276-sonli qarori bilan ushbu nom berilgan. “Do‘stlik” MFY tuman markazida joylashgan bo‘lib, Mirzacho‘l tumanining “Mustaqillik” MFY, “G‘alaba” MFY va “Bog‘bon” QFYlar bilan chegaradosh. Mazkur mahallaning umumiy yer maydoni 42 gektarni, xonadonlar soni 1011 tani, aholi soni 4394 nafarni tashkil etadi. Do‘stlik - Mirzacho‘l tumanida 16 ta millat vakillari yashaganligi uchun xalqlar do‘stligi namunasi, turli millat vakillarining bahamjihatligi timsoli sifatida mahalla ushbu nom bilan nomlangan.
Manbalar
Turkum:Mirzachoʻl tumani aholi punktlari