Rana Xonimsulton (1926-yil 25-aprel — 2008-yil 14-aprel), shuningdek, Rana Eldem nomi bilan ham tanilgan Usmoniylar malikasi va fransuz tili oʻqituvchisi. Naciye Sulton va Mehmet Komil Killigilning qizi.
Yoshligi Rana Xonimsulton 1926-yil 25-fevralda Fransiyaning Parij shahrida tugʻilgan. Uning onasi Naciye Sulton (Shahzoda Salim Sulaymonning qizi, Usmoniylar sultoni Abdulmajid I ning nabirasi), otasi esa Naciye Sultonning sobiq eri Anvar poshoning ukasi Mehmet Komil Killigil edi. Ular 1923-yilda Anvar poshoning vafotidan bir yil oʻtib, turmush qurgan va Parijda yashagan. Onasining birinchi nikohidan Mohpaykar Xonimsulton, Türkan Xonimsulton ismli opalari va Sultonzoda Ali bey ismli akasi boʻlgan.
1939-yil 25-mayda Rana va uning aka-opalarining Turkiyaga qaytishi uchun maxsus qonun qabul qilindi. Ularning barchasi 1939-yil 5-iyuldagi qonun orqali Turkiya Respublikasining fuqarolari boʻlishdi. Rananing ota-onasi 1949-yilda ajrashdi, otasi Turkiyaga qaytib, 1949-yil 22-sentyabrdagi qonun orqali Turkiya fuqarosiga aylandi. Komil Killigil 1962-yil 7-avgustda Istanbulda vafot etdi.
Ikkinchi Jahon urushi davrida Rana va uning opalari 1943-yilgacha onasi bilan Shveysariyada yashadi. U oʻsha yerda oʻrta taʼlimning yuqori bosqichini tamomladi. 1946-yilda Rana va uning ota-onasi Parijga qaytishdi. Rana Sorbonne universitetida taʼlim olib, fransuz tili va adabiyoti boʻyicha diplom oldi.
Faoliyati Rana Xonimsulton fransuz tili oʻqituvchisi boʻlib ishlagan. U 1985–1986-yillarda Istanbuldagi Saint-Jozeph litseyida dars bergan.
Vafoti Rana Xonimsulton 2008-yil 14-aprelda Istanbulda vafot etgan. 13-aprel kuni Istanbuldagi uyida zinadan yiqilib tushgan, shundan soʻng miya qon ketishini boshdan kechirgan. Uning janoza namozi 17-aprel kuni Teşvikiye masjidida Usmoniylar sulolasi aʼzolari ishtirokida oʻqilgan. Vafotidan keyin Rana Istanbulning Beshiktosh tumanidagi Yahyo afandi maqbarasida onasi Naciye Sulton, eri, qizi Necla va boshqa qarindoshlari yoniga dafn etilgan.
Farzandlari Rana Xonimsulton 1949-yil 25-iyulda turk diplomati Sadi Eldemga turmushga chiqqan. Uning onasi Naciye Sulton 1952-yil 4-avgustda Turkiyaga qaytgan va bir muddat ularning Istanbuldagi uyida yashagan. Sadi Eldem 1995-yil 15-yanvarda vafot etgan. Ularning ikki qizi va bir oʻgʻli boʻlgan:
Jeyda Eldem (1952-yil 1-mart — 2014-yil avgust). Necla Eldem (1954-yil 24-mart — 1964-yil 24-avgust) oʻn yoshida baxtsiz hodisa oqibatida vafot etgan. Edhem Eldem (1960-yil 2-mart) — tarixchi, Boğaziçi universitetida professor-oʻqituvchi sifatida ishlaydi. 1983-yil 2-sentyabrda Zeynep Sedef Torunoʻgʻliga uylangan, ularning Simin Eldem ismli qizi bor.
Manbalar
Turkum:1926-yilda tugʻilganlar Turkum:2008-yilda vafot etganlar Turkum:20-asr Usmoniylar imperiyasi malikalari Turkum:21-asr turk ayollari