Eustress () atamasi „foydali stress“ maʼnosini anglatadi. U psixologik, jismoniy (masalan, jismoniy mashqlar) yoki bioximiyaviy/radiologik (gormezis) koʻrinishda boʻlishi mumkin. Ushbu soʻz 1976-yilda endokrinolog Hans Selye (1907–1982) tomonidan muomalaga kiritilgan. U „yaxshi“ maʼnosini bildiruvchi yunoncha eu- prefiksini inglizcha stress soʻzi bilan birlashtirib, lugʻaviy jihatdan „yaxshi stress“ maʼnosini hosil qilgan. Oxford English Dictionary lugʻatiga koʻra, ushbu soʻzning (psixologik maʼnoda) ilk qoʻllanilishi 1968-yilga borib taqaladi — „The unpleasant, even painful, kind of stress … may be referred to as dys-stress; the pleasant kind … as eustress.“.
Eustress bu salomatlik uchun foydali boʻlgan yoki insonda mamnuniyat va boshqa ijobiy his-tuygʻularni uygʻotadigan stressga nisbatan ijobiy kognitiv reaksiyadir. Hans Selye stress chaqiruvchi omillar va stress namoyon boʻlishining xilma-xilligini farqlash uchun ushbu atamani stressning bir koʻrinishi sifatida yaratgan.
Eustress stressning oʻzi yoki uning turi bilan emas, balki insonning ushbu stressorni qanday qabul qilishi bilan belgilanadi (masalan, salbiy tahdid sifatida emas, balki ijobiy qyinchilik sifatida). Eustress stressorga nisbatan ijobiy javob reaksiyasini anglatadi va bu insonning ayni damdagi nazorat hissi, xohishi, stressorning yuzaga kelish joyi va vaqtiga bogʻliq boʻlishi mumkin. Shu sababli, bir kitob sarlavhasida: „Eustress va distress: yaxshi ham, yomon ham emas, balki bir xil narsami?“ degan fikr ilgari surilgan. Eustressning potensial koʻrsatkichlari stressorga nisbatan mazmun, umid yoki gʻayrat hissi bilan javob qaytarishni oʻz ichiga olishi mumkin.
Manbalar
Havolalar
Eustress at Whole Health Stress Management Lecture American Psychological Association (APA)
Turkum:Motivatsiya