Akja Täjiýewna Nurberdiýewa (, 1957-yil, Ashxobod, Turkmaniston SSR, SSSR) — turkmanistonlik davlat arbobi. 2007-yil 23-fevraldan 2018-yil 30-martgacha Turkmaniston Majlisi raisi boʻlgan.

Tarjimayi holi Akja Nurberdiýewa 1957-yilda Ashxobodda tugʻilgan. Pedagogika sohasini tugatgan va falsafa fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega. 2000—2005-yillarda Turkmaniston Majlisining 2-chaqiriq deputati, Turkmaniston Majlisi raisining oʻrinbosari boʻlgan, 2005-yildan 2007-yil 23-fevralgacha yana Turkmaniston Majlisi raisining oʻrinbosari va jamoatchilik asosida Turkmaniston demokratik partiyasining Axal viloyati kotibi hamda Turkmaniston Kasaba uyushmalari milliy markazi raisi lavozimida faoliyat olib borgan. 2006-yil 22-dekabrdan 2007-yil 23-fevralgacha Turkmaniston Majlisi raisi vazifasini bajaruvchi, 2007-yil 23-fevraldan Turkmaniston Majlisi raisi sifatida faoliyat yuritgan, 2009-yilAkdja Nurberdieva soxranila post predsedatelya parlamenta Turkmenistana va 2014-yillarda ushbu lavozimga yana qayta saylangan. 2018-yil 30-martda Turkmaniston Majlisi raisi lavozimidan ozod etilgan .

Mukofotlari Akja Nurberdiýewa Gurbansoltan eje ordeni, „Turkmaniston mustaqilligining 20 yilligi“ () medali, „Maxtumquli Firogʻiy“ () medali (2014), „Turkmaniston mustaqilligining 25 yilligi“ () medali, 2017-yil 27-martda MDH Parlamentlararo Assambleyasining „MDH PA. 25 yil“ () esdalik nishoni bilan („Parlamentlararo Assambleya va uning organlari faoliyatiga koʻmaklashgani uchun“) taqdirlangan.

Manbalar

Turkum:1957-yilda tugʻilganlar Turkum:Turkmaniston ayol siyosatchilari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar