Lebap — Turkmanistonning Turkmanobod shahrida joylashgan futbol klubi. Jamoa 2015-yildan beri ikkinchi divizion — Birinchi ligada oʻynab keladi. Klubning uy stadioni 10 000 tomoshabinga moʻljallangan Turkmanobod stadionidir.

Tarix Klub 1992-yildan beri Turkmaniston chempionatida ishtirok etib keladi.

1996-yildan klub oʻz nomiga „Ekskavatorchi“ soʻzini qoʻshib oldi. 1997—1998-yilgi chempionatning qishki tanaffusida klub nomini „Jayhun“ga oʻzgartirdi.

2002-yildan boshlab klub „Qoraqum“ deb atala boshladi. Oʻsha yili jamoa Turkmaniston kubogini qoʻlga kiritdi. Vitaliy Alekperov, Zarif Ereshev, Yazguli Xoʻjageldiyev, Berdi Nurmurodov va Nikolay Yermilov (kubok finalidagi penaltilar seriyasida ikkita zarbani qaytargan darvozabon) jamoaning yetakchi oʻyinchilari edi.

2003-yilda jamoa oʻyinlarni ataylab boy berganlikda gumon qilinib, chempionatning ikkinchi qismini oʻtkazib yubordi.

Moliyaviy qiyinchiliklar sababli klub 2008-yilgacha Turkmaniston chempionatida ishtirok etmagan.

2013-yilda klub „Baxtiyorlik-Lebap“ nomi ostida musobaqalarda qatnasha boshlagan.

Jamoa hodimlari LavozimLavozimPrezidentKamiljan PrievJamoa direktoriAzim MuradovMurabbiyRinat HabibulinBosh murabbiyTimur HusainovAdministratorAziz HaydarovUqalovchiGaraýew T.R

Mukofotlar Turkmaniston kubogi gʻolibi (1): 2002-yil

Turkmaniston Yokari ligasida uchinchi oʻrin (3): 1996, 2002, 2010 Manbalar

Havolalar Official website

Turkum:Turkmaniston futbol klublari Turkum:2008-yilda Turkmanistonda tashkil etilganlar Turkum:2008-yilda tashkil etilgan futbol klublari Turkum:Turkmanobod