Anna Bondár (1997-yil 27-mayda tugʻilgan) — vengriyalik professional tennischi. WTA reytingi yakkalik bahslarida 2022-yil 18-iyulda 50-oʻringa, juftlik yoʻnalishida esa 2023-yil 30-yanvarda 43-oʻringa koʻtarilgan. Hozirda yakkalik yoʻnalishi boʻyicha Vengriyaning 1-raqamli tennischisi.
Sport faoliyati 2021 2021-yilgi mavsum Bondár uchun sezilarli oʻsish mavsumi boʻldi. Iyul oyida Gdinya shahrida oʻtkazilgan Polsha ochiq turnirida u ilk bor WTA Tur doirasida chorak finalga chiqdi. Shuningdek, sportchi tur doirasida dastlabki ikki gʻalabasini qayd etdi.
Sentyabr oyi boshidan Bondár bir qator yaxshi natijalar koʻrsatdi. Ilk qadam sovrin jamgʻarmasi 60 minglik Collonge-Bellerive turniri boʻlib, ushbu musobaqada sportchi barcha raqiblarini birorta setni boy bermay magʻlub etib, yarim finalga chiqdi. Keyingi haftada u WTA Challenger Tour oʻyinlari tarkibiga kiruvchi Karlsrue ochiq turnirining chorak finaliga yoʻl oldi. Oradan ikki hafta oʻtib, sportchi sovrin jamgʻarmasi 80 minglik Visbaden ochiq turniri yakkalik hamda juftlik bahslarida ilk yirik ITF chempionligini qoʻlga kiritdi. Uning muvaffaqiyatli yurishi oradan yetti kun oʻtib, Le Neuborgda yana bir sovrin jamgʻarmasi 80 minglik turnir finaliga chiqishi bilan davom etdi. Bu safar sportchi Mihaela Buzărnescuga oʻyinni boy berdi va musobaqa kubogini qoʻlga kirita olmadi.
Manbalar
Turkum:1997-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Vengriyalik ayol tennischilar Turkum:21-asr vengriyalik ayol sportchilar