Raluka Georgiana Sherban (; 1997-yil 17-iyunda tugʻilgan) — Ruminiyada tugʻilgan, hozirda Kiprda istiqomat qiladigan professional tennischi. 2019-yildan beri tennis boʻyicha musobaqalarda Kipr sharafini himoya qilib keladi. 2023-yil 24-iyulda yakkalik bahslari boʻyicha jahon reytingida 152-oʻringa koʻtarilgan va bu natija orqali reytingda top–300 talikka kirgan yagona kiprlik tennischiga aylangan.
2024-yil iyun holatiga koʻra, Raluca Șerban Billie Jean King kubogi musobaqasida ishtirok etgan holda jami oʻyinlarda 15 ta gʻalaba va 3 ta magʻlubiyat koʻrsatkichini qayd etgan.
Sport faoliyati Șerban ITF ayollar oʻrtasida jahon tennis turnirlari seriyasida yakkalik bahslari boʻyicha 14 ta va juftlik yoʻnalishi boʻyicha 15 ta unvonni qoʻlga kiritgan.
Sportchi 2018-yil Lyuksemburg ochiq turnirida juftlik bahslari boʻyicha ilk bor WTA Tur asosiy toʻr bahslarida ishtirok etgan. Ushbu musobaqada Șerban Isabella Shinikova bilan birga juftlik oʻyinida ishtirok etgan va ular yarim finalgacha yetib borgan .
2022-yil Budapesht Gran-pri musobaqasida Șerban WTA Tur musobaqalarining yakkalik bahslarida debyut ishtirokini oʻtkazdi.
Șerban 2025-yilgi Copa Colsanitas turnirida ishtirok etish uchun saralash bosqichidan oʻtib, birinchi davrada Nuria Párrizas Díazni magʻlub etishga muvaffaq boʻldi. Bu gʻalabasi orqali tennischi WTA Tur musobaqalarining asosiy toʻr bahsida gʻalaba qozongan birinchi kiprlik tennischiga aylandi . Keyingi uchrashuvda u birinchi raqam ostida tasniflangan Marie Bouzkovága oʻyinni boy berdi .
Manbalar
Turkum:Ruminiyalik ayol tennischilar Turkum:Kiprlik ayol tennischilar Turkum:1997-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:21-asr ruminiyalik ayol sportchilar