Tagan Berdiýewiç Berdiýew (; 1911-yil 15-iyun, Dayna qishlogʻi, Krasnovodsk uyezdi, Kaspiyorti viloyati, Turkiston general-gubernatorligi, Rossiya imperiyasi — 1985-yil 12-dekabr, Turkmaniston SSR, SSSR) — turkman olimi va siyosiy arbobi, Turkmaniston SSR Fanlar akademiyasi akademigi.
Tarjimayi holi Tagan Berdiýew 1911-yil 15-iyunda Kaspiyorti viloyati, Krasnovodsk uyezdi (hozirgi Turkmanistonning Bolqon viloyati Maxtumquli etrapi)dagi Dayna qishlogʻida kambagʻal dehqon oilasida tugʻilgan. 1940-yildan VKP (b) aʼzosi. 1925-yilda Bäherden etrapidagi sovet maktabini tamomlagan. 1925—1929-yillarda pedagogika texnikumi talabasi boʻlgan. 1929—1931-yillarda Garrygala etrapidagi (hozirgi Maxtumquli etrapi) oʻrta maktabning rus va turkman tili hamda adabiyoti oʻqituvchisi boʻlib ishlagan. 1931-yilda Dargʻonota etrapidagi bosmachilikka qarshi kurashuvchi kommunistik otryad jangchisi. 1931—1933-yillarda Ashxobod pedagogika institutida tahsil olgan. 1933—1937-yillarda Mari shahridagi pedagogika texnikumi direktorining oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari, Ashxoboddagi pedagogika bilim yurti pedagogika fakulteti dekanining oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari va direktori lavozimlarida ishlagan. 1937—1938-yillar Moskvada VKP (b) Markaziy qoʻmitasi qoshidagi kurslarda oʻqigan. 1938—1940-yillar Turkmaniston SSR xalq maorifida boshqarma boshligʻi, Turkmaniston SSR xalq maorifi komissarining oʻrinbosari. 1940—1947-yillar Turkmaniston SSR Maorif xalq komissari, 1947—1951-yillarda Turkmaniston SSR Vazirlar Kengashi raisining oʻrinbosari, bir vaqtning oʻzida 1947—1955-yillarda Turkmaniston SSR tashqi ishlar vaziri. 1951—1956-yillarda Turkmaniston SSR Fanlar akademiyasining prezidenti, 1956—1959-yillarda M. Gorkiy nomidagi Turkmaniston davlat universiteti pedagogika kafedrasi professori, 1959—1965-yillarda Turkmaniston SSR Fanlar akademiyasi Ijtimoiy fanlar boʻlimining akademik-kotibi, 1965—1967-yillarda Turkmaniston SSR Fanlar akademiyasi Markaziy ilmiy kutubxonasi direktori lavozimida faoliyat yuritgan. 1967-yil may oyidan 1970-yil dekabrigacha sogʻligʻi tufayli pensiyada boʻlgan. 1970-yil dekabrdan 1973-yil oktyabrgacha Turkmaniston SSR Fanlar akademiyasi Markaziy ilmiy kutubxonasi direktori boʻlgan. 1973-yil oktyabrdan Turkmaniston SSR Fanlar akademiyasi Falsafa va huquq boʻlimining katta ilmiy xodim-maslahatchisi. 1943-yilda pedagogika fanlari nomzodi, 1951-yilda pedagogika fanlari doktori ilmiy darajasi va professor ilmiy unvonini olgan. SSSR Oliy Kengashining 2-chaqiriq deputati etib saylangan. 1985-yil 12-dekabrda vafot etgan.
Mukofotlari Tagan Berdiýew Lenin ordeni, Mehnat Qizil Bayroq ordeni (1981-yil 12-iyun), ikki marta „Hurmat belgisi“ ordeni bilan taqdirlangan.
Manbalar
Turkum:Turkmanistonda vafot etganlar Turkum:Turkmaniston SSR Oliy Sovetining 2-chaqiriq deputatlari Turkum:Turkmaniston SSR Oliy Sovetining 3-chaqiriq deputatlari Turkum:Turkmaniston SSR Oliy Sovetining 4-chaqiriq deputatlari Turkum:Turkmaniston SSR Oliy Sovetining 5-chaqiriq deputatlari Turkum:Turkmaniston tashqi ishlar vazirlari Turkum:Turkmanistonlik siyosatchilar