Nefise Karatay (1976-yil 26-aprelda tugʻilgan) — turk sanʼat sohasi arbobi, boshlovchi, aktrisa, sobiq model va goʻzallik tanlovi gʻolibasi. U CNN Turk telekanalida boshlovchi sifatida tanilgan.
Biografiyasi Nefise Karatay Germaniyaning Hesse shahrida tugʻilgan va hayotining ilk yillarini u yerda oʻtkazgan. Uning ota-onasi turk boʻlgan. U 1990-yillarning oxiri va 2000-yillarning boshlarida Turkiyaning eng koʻp maosh oladigan modellaridan biri boʻlgan.
Faoliyati 1997-yilda Karatay Miss Turkiya goʻzallik tanlovida qatnashib, gʻolib boʻlgan. U „Qashqirlar makoni“ teleserialida asosiy ayol qahramon Ahu Toros roʻlini ijro etgan.
Hayoti Karatay 2012-yil 16-iyulda biznesmen Yusuf Dayga turmushga chiqdi. 2015-yil avgust oyida u qiz farzandli boʻldi.
Manbalar Turkum:Turkiyalik aktrisalar Turkum:Turk modellari Turkum:1976-yilda tugʻilganlar Turkum:Germaniyada tugʻilganlar