Shahzoda Mehmed Shavkat Afandi (;) — Usmoniylar imperiyasi shahzodasi, sulton Abdulaziz va Nesrin Kadınning oʻgʻli.

Yoshligi Shahzoda Mehmed Shavkat 1872-yil 5-iyunda Dolmabahçe saroyida tugʻilgan. Uning otasi Usmoniylar imperiyasi sultoni Abdulaziz boʻlib, u sulton Mahmud II va Pertevniyal Sultonning oʻgʻli boʻlgan. Shahzodaning onasi esa Shahzoda Ismoil Zevş-Barakayning qizi Nesrin Kadın edi. Mehmed Shavkatning oʻzidan ikki yosh kichik Emine Sulton ismli singlisi boʻlgan.

Sulton Abdulaziz 1876-yil 30-mayda taxtdan agʻdarildi va uning oʻrniga jiyani Murod V taxtga oʻtirdi. 1876-yil 4-iyunda Abdulaziz sirli tarzda vafot etdi. Shahzodaning onasi ham bir necha kundan soʻng, 1876-yil 11-iyunda vafot etdi. Oʻsha paytda Shavkat endigina toʻrt yoshda edi. Shundan soʻng Abdulhamid II Shavkatga gʻamxoʻrlik qilib, uni oʻz oʻgʻillari bilan birga tarbiyaladi.

Shavkat 1879-yilda Ihlamur pavilyonida taʼlim ola boshladi. U yerda singlisi Esma Sulton, Shahzoda Mehmed Sayfiddin hamda sulton Abdulhamidning farzandlari Shahzoda Mehmed Salim va Zekiye Sulton bilan birga oʻqidi.

Mehmed Shavkatning sunnat marosimi 1883-yil 17-dekabrda boʻlib oʻtdi. Marosim uning aka-ukalari Abdulmajid II, Shahzoda Mehmed Sayfiddin, Sulton Abdulhamidning toʻngʻich oʻgʻli Shahzoda Mehmed Salim, Abdulmajid I ning nabirasi Shahzoda Ibrohim Tavfiq va Mehmed V ning toʻngʻich oʻgʻli Shahzoda Mehmed Ziyoyiddinniki bilan birga oʻtkazildi. Shahzodalarni Rıfat yoki Saib posho sunnat qilgan.

Harbiy faoliyati Mehmed Shavkat otasi hukmronligi davrida Usmoniylar dengiz flotiga xizmatga qabul qilingan. Unga 1875-yil 27-mayda leytenant unvoni berilgan. Bir yil oʻtib, 1876-yilda Shavkat leytenant-qoʻmondon darajasiga koʻtarilgan.

Shaxsiy hayoti Shavkatning birgina rafiqasi boʻlib, uning ismi Fotma Ruyinaz xonim boʻlgan. Fotma Ruyinaz 1873-yil 2-yanvarda Bandırmada tugʻilgan. Ular 1890-yil 3-aprelda Yıldız saroyida turmush qurishgan. Oʻshanda Şevket yigirma, Ruyinaz esa oʻn yetti yoshda boʻlgan. Ularning yagona farzandi Shahzoda Mehmed Jamoliddin 1891-yil 1-martda tugʻilgan. Shahzoda Jamoliddin 1960-yil 7-avgustda Livanning Bayrut shahrida vafot etgan.

Shahzoda Mehmed Shavkat Yıldız saroyi hududida joylashgan Malta pavilyoniga egalik qilgan. Shuningdek, uning Üsküdardagi Küçük Çamlıca hududida bir villasi ham boʻlgan. Shahzoda havaskor pianinochi edi.

Vafoti Mehmed Shavkat 1899-yil 22-oktyabrda yigirma yetti yoshida vafot etgan va Istanbulning Divanyolu hududida joylashgan bobosi Mahmud II ning maqbarasiga dafn etilgan. Hozirgi kunda sulton Abdulazizning erkak nasli Mehmed Shavkatdan davom etmoqda.

Unvon va mukofotlari Harbiy lavozimlari Harbiy unvonlar va dengiz floti Usmoniylar dengiz floti leytenanti, 1875-yil 27-may Usmoniylar dengiz floti leytenant-qoʻmondoni, 1876-yil

Farzandlari Ism Tugʻilgan Vafot etgan Izohlar Shahzoda Mehmed Jamoliddin 1891-yil 1-mart 1947-yil 18-noyabr Yıldız saroyida tugʻilgan. Bir marta uylangan, ikki oʻgʻli bor. Surgunda Livanning Bayrut shahrida vafot etgan va oʻsha yerda dafn qilingan.

Nasabi

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:Usmoniylar imperiyasi shahzodalari Turkum:1872-yilda tugʻilganlar Turkum:1899-yilda vafot etganlar Turkum:Sultonlarning o‘g‘illari Turkum:Xalifalarning o‘g‘illari