Turkmaniston Ichki ishlar vazirligi () — Turkmanistonda jamoat tartibi va jamoat xavfsizligini saqlash, shuningdek jinoyatlarni ochish va ularning oldini olish bilan bogʻliq vazifalarni amalga oshiruvchi markaziy ijro etuvchi hokimiyat organi. Vazirlik 25000ga yaqin xodimdan iborat Turkmaniston politsiyasini bevosita nazorat qiladi hamda Milliy xavfsizlik vazirligi bilan huquqni muhofaza qilish va milliy mudofaa masalalari boʻyicha hamkorlik qiladi. Politsiyaning asosiy vazifalariga huquq va jamoat xavfsizligini taʼminlash, jinoyatchilikning oldini olish va tergov qilish, pasport nazorati, yoʻl va yongʻin xavfsizligi, huquqni muhofaza qilish sohasidagi xalqaro hamkorlik kiradi. Vazirlik Interpol bilan ham hamkorlik qiladi. Hozirgi vazir Muhammet Hydyrow.
Tarixi Vazirlik 1998-yil 19-fevralda prezident Saparmurod Niyozovning „Turkmaniston politsiyasini tashkil etish toʻgʻrisida“gi farmoni bilan tashkil etilgan. 2007-yil aprel oyida prezident Gurbanguli Berdimuhamedov oʻsha paytdagi ichki ishlar vaziri Akmämed Rahmanowni poraxoʻrlik va korrupsiyada gumon qilib, lavozimidan chetlatadiTurkmenistan president accused Ministry of Internal Affairs of bribery and corruption, Fergananews.com, 7-aprel 2007-yil. 2012-yilda Turkmaniston Ichki ishlar vazirligi Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT) bilan hamkorlikda oʻz politsiya kuchlarini inson huquqlarini himoya qilish va terrorizmga qarshi kurashish masalalari boʻyicha oʻqitganTraining of police trainers on the protection of human rights while countering terrorism in Turkmenistan, Osce.org, 13
mart 2012-yil. 2016-yil may oyida AQShdagi xalqaro giyohvand moddalar va huquqni muhofaza qilish ishlari byurosi ichki ishlar vazirligi mansabdor shaxslari uchun giyohvand moddalar savdosi va tegishli aralashuvlar mavzusida kurs oʻtkazganAmbassador Mustard Underscores U. S. Government Commitment to Long Term Counter-narcotics Cooperation , Usembassy.gov, 6
iyun 2016-yil. 2017-yil avgust oyida Ozarbayjon Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Turkmaniston Ichki ishlar vazirligi oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim imzolanganAzerbaijan, Turkmenistan signed documents, President.az, 8
avgust 2017-yil. Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov oʻsha paytdagi ichki ishlar vaziri Isgender Mülikowga „oʻz xizmat vazifalarini yomon bajargani, kadrlar masalasida eʼtiborsizlik qilgani“ uchun 12 marta jiddiy ogohlantirish berganTurkmenistanʼs Interior Ministry again reprimanded with a final warning , Hronikatm.com, 11-yanvar 2018-yil. 2019-yilda Mülikow ishdan boʻshatilub, lavozimidan tushirilgan va hibsga olingan, bir nechta jinoyatlarda ayblanib, sudlangan hamda 25 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan (video).
Tuzilmasi Turkmaniston Ichki ishlar vazirligining tuzilmasi Turkmaniston politsiyasi (markaziy apparat, hududiy apparat, tibbiyot muassasalari, Koʻpetdag stadioni, sport klubi), Turkmaniston ichki qoʻshinlari (har xil harbiy qismlar), Turkmaniston Sogʻlom jamiyat xavfsizligini himoya qilish davlat xizmatidan iborat.
Taʼlim muassasalari Vazirlikning oliy taʼlim muassalariga Turkmaniston Ichki ishlar vazirligi instituti, Turkmaniston politsiyasi akademiyasi kiradi.
Vazirlar Serdar Çaryýarow (1990-yil 17-may — 1993-yil 2-aprel) Gurbanmuhammet Kasymow (1993-yil 2-aprel — 1998-yil 17-sentyabr) Poran Berdiýew (1998-yil 17-sentyabr — 2002-yil 14-mart) Annaberdi Kakabaýew (2002-yil 14-mart — 2003-yil 21-fevral) Aşyr Ataýew (2003-yil 21-fevral — 2004-yil 12-avgust) Geldimuhammed Aşyrmuhammedow (2004-yil 12-avgust — 2004-yil 9-dekabr) Akmämed Rahmanow (2004-yil 9-dekabr — 2007-yil 9-aprel) Hojamurat Annagurbanow (2007-yil 9-aprel — 2007-yil 8-oktyabr) Orazgeldi Amanmuradow (2007-yil 8-oktyabr — 2009-yil 29-may) Isgender Mülikow (2009-yil 29-may — 2019-yil 1-oktyabr)Ghostarchive : Mämmethan Çakyýew (2019-yil 1-oktyabr — 2021-yil 1-iyul) Öwezdurdy Hojanyýazow (2021-yil 1-iyul — 2022-yil 6-aprel) Muhammet Hydyrow (2022-yil 6-aprel — )
Manbalar
Turkum:Turkmaniston vazirliklari Turkum:Ichki ishlar vazirliklari