Shahzoda Mehmed Burhoniddin afandi (; 1849-yil 23-mayda tugʻilgan — 1876-yil 4-noyabrda vafot etgan) — Usmoniylar shahzodasi, sulton Abdulmajid I va uning xotinlaridan biri Nükhetsezâ xonimning oʻgʻli.
Yoshligi Shahzoda Mehmed Burhoniddin 1849-yil 23-mayda Eski Beylerbeyi saroyida tugʻilgan. Uning otasi sulton Abdulmajid I sulton Mahmud II va Bezmiâlem Sultonning oʻgʻli boʻlgan. Onasi esa Nükhetsezâ xonim edi. Uning Shahzoda Ahmad ismli tugʻishgan akasi, Aliya Sulton hamda Nozime Sulton ismli ikki nafar tugʻishgan opasi boʻlgan. Biroq ularning barchasi chaqaloqligida vafot etgan. Shahzoda Mehmed 1850-yilda bir yoshga toʻlganida onasi vafot etgan, shundan soʻng uni otasining farzandsiz yana bir xotini Neverser xonim asrab olgan. Mehmed Burhoniddin 1857-yil 9-aprelda Dolmabahçe saroyida aka-ukalari Shahzoda Mehmed Rashod (boʻlajak sulton Mehmed V), Shahzoda Ahmad Kamoliddin va Shahzoda Ahmad Nuriddin bilan birga xatna qilingan.
Shaxsiy hayoti Burhoniddin uch marta uylangan va bir oʻgʻli boʻlgan. Uning xotinlaridan biri Mestinaz xonim edi. Mestinaz xonim 1851-yil 20-sentyabrda Gruziyaning Tbilisi shahrida tugʻilgan. Ular 1872-yil 4-mayda Dolmabahçe saroyida nikohdan oʻtgan. 1874-yilda ularning birinchi farzandi Shahzoda Ibrohim Tavfiq dunyoga kelgan. Ikki yildan soʻng Mestinaz xonim qiz farzand koʻrgan. Mestinaz xonim 1909-yil 20-aprelda Dolmabahçe saroyida vafot etgan va Yovuz Salim masjidida dafn qilingan. Mehmed Burhoniddinning yana bir xotini Şadruh xonim edi. Ular 1873-yilda nikohdan oʻtgan. Şadruh xonim 1930-yilda vafot etgan. Shahzodaning uchinchi xotini Aşkıdilber xonim edi.
Bevalik paytida Mestinaz xonim 10 000 kuruş, Şadruh xonim 2880 kuruş va Aşkıdilber xonim 4000 kuruş miqdorida nafaqa olgan. 1909-yilda Şadruh va Aşkıdilberning nafaqasi 10 000 kuruşgacha oshirilgan.
Shahzoda Mehmed Burhoniddinning Uskudarda villasi boʻlgan. Villa 1860-yilda qurilgan boʻlib, Tophanelioğlu-Kısıklı yoʻli bilan Bosfor koʻprigining halqa yoʻli oraligʻidagi tepalikda joylashgan edi.
Keyingi yillari va vafoti Sulton Abdulhamid II Burhoniddinga kuchli ishonch bildirgan. Uning hukmronligi davrida Murod V va uning oilasi qamab qoʻyilgan Çırağan saroyi atrofidagi xavfsizlik halqasi yanada kuchaytirilgan. Saroyga kirish shu qadar keskin ravishda cheklanganki, u yerga Burhoniddin va Mehmed Rashod kabi shahzodalargina kirishi mumkin boʻlgan.
Burhoniddin 1876-yil 4-noyabrda 27 yoshida sil kasalligidan vafot etgan va Istanbuldagi Yovuz Salim masjidida otasining maqbarasiga dafn qilingan. Sulton Abdulhamid bir jangovar kema, shuningdek, oʻgʻillaridan biriga uning nomini bergan. Bundan tashqari, sulton Abdulhamid Mehmed Burhoniddinning oʻgʻlini oʻz qaramogʻida voyaga yetkazgan.
Farzandlari Ism Tugʻilishi Vafoti Izohlar Mestinaz xonim bilan nikohidan (1872-yil 4-mayda turmush qurgan) Shahzoda Ibrohim Tavfiq 1874-yil 6-noyabr 1931-yil 31-dekabr Dolmabahçe saroyida tugʻilgan. Besh marta uylangan, ikki oʻgʻil va besh qiz farzand koʻrgan. Fransiyaning Nice shahrida surgunda vafot etgan. (Fulona) Sulton 1876-yil 1890-yil Istanbulda tugʻilib, Istanbulda vafot etgan. Uning ismi nomaʼlum.
Nasabi
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:1849-yilda tugʻilganlar Turkum:1876-yilda vafot etganlar Turkum:Usmoniylar imperiyasi shahzodalari Turkum:Sultonlarning o‘g‘illari Turkum:Xalifalarning o‘g‘illari