Koʻkoʻyev yoki Jenijoq Koʻkoʻ oʻgʻli (asl ismi — Oʻtoʻ) (; 1860-yil Sari-Kobo (hozirgi Manas tumani Talas viloyati Qirgʻiziston) — 1918-yil Jani-Joʻl (hozirgi Axsi tumani)) — qirgʻiz shoiri, oqin, XIX asr oxiri — XX asr boshlaridagi mutafakkir va gumanist.

Hayoti thumb|left|250|Qirgʻizistonning atoqli qirgʻiz shoiri Jenijoq Koʻkoʻ oʻgʻlining 150 yilligiga bagʻishlangan pochta markasi, 2010-yil. Jenijoq Koʻkoʻyev 1860-yil kambagʻal oilada tugʻilgan. Yoshligida ota-onasidan ajralib qolgan Jenijoq tugʻilib oʻsgan yurtini tark etib, Qorasuvga koʻchishga majbur boʻlgan.

Jenijoq Koʻkoʻyev yoshlik chogʻidayoq mashhur dostonlar — „Kojojash“, „Er Teshtuk“, epos „Semetey“ni kuylagan.

Oqin sifatida oʻz asarlarini yozib qoldirmagan. Xalq xotirasi faqat uning „terma“larining matnlarini saqlab qolgan.

Koʻplab nasihat, pandu-oʻgit, yovuzlikni fosh etuvchi va shunga oʻxshash qoʻshiqlar, shuningdek, falsafiy mazmundagi „terma“lar, jumladan, oʻz davri haqida kuylagan. Jenijoq bilan Esenaman ikki oqinning improvizatsion bellashuvi „aytishuv“ning klassik namunasi hisoblanadi.

Sovet davrida Jenijoq Koʻkoʻ oʻgʻli ijodi „reaksion-mistik“ deb baholangan va faqat 1982-yildan boshlab nashr etila boshlagan.

Xotirasi Jenijoq Koʻkoʻyev nomi bilan Jaloloboddagi bir koʻcha ataladi. Jenijoq Koʻkoʻyev nomi bilan Bishkek shahridagi Kok-jar massivida bir koʻcha ataladi.

Manbalar

Adabiyotlar Kirgiz ensiklopediyasinin. Bashki redaksiyasi „Muras“ ilimiy-propagandalik ishker dolbooru Bishkek, 1995

Havolalar Jel jetpegen Jenjijok

Turkum:Qirgʻiziston shoirlari Turkum:Qirgʻiz shoirlari Turkum:Qirgʻiziston qoʻshiqchi-shoirlari Turkum:Qirgʻiz oqinlari Turkum:Gumanistlar Turkum:1860-yilda tugʻilganlar Turkum:1918-yilda vafot etganlar