Asal Ahmedova (2004-yil 3-mart) — oʻzbekistonlik badiiy gimnastikachi, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi. U xalqaro musobaqalarda, jumladan jahon chempionatlarida Oʻzbekiston sharafini himoya qilgan hamda AQShda gimnastika hakami sifatida faoliyat yuritadi.
Biografiya Asal Axmedova 2004-yil 3-martda tugʻilgan.
U yoshligidan badiiy gimnastika bilan shugʻullanib keladi va keyinchalik Oʻzbekiston nomidan xalqaro musobaqalarda ishtirok eta boshlagan.
Sport faoliyati
Xalqaro musobaqalar 2022-yilda Axmedova Badiiy gimnastika bo‘yicha jahon chempionati 2022 (Sofiya, Bolgariya)da Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibida ishtirok etdi.
Rasmiy natijalarga koʻra, Oʻzbekiston jamoasi umumjamoa hisobida 7-oʻrinni egalladi.
U individual saralash bosqichida ham turli jihozlar (toʻp, lenta, halqa va boshqalar) bilan mashqlarda qatnashgan.
Boshqa xalqaro natijalari:
🥉 3-oʻrin — bulavalar, Xalqaro universitet sport festivali, Yekaterinburg, 2023 🥈 2-oʻrin — GymStar International Cup, Boku, Ozarbayjon, 2019 🥈 2-oʻrin — toʻp, Pesta Gimnastik Kuala Lumpur, Malayziya, 2017 🥉 3-oʻrin — koʻpkurash, Malayziya, 2017 🥉 3-oʻrin — EWUB Luxembourg Trophy, Lyuksemburg, 2016 🥇 1-oʻrin — Viento del Sol, Ispaniya 🥉 3-oʻrin — „Perviye snejinki“ turniri, Rossiya, 2014 🥇 1-oʻrin — „Aygolek“ turniri, Qozogʻiston, 2013
Milliy musobaqalar Asal Axmedova Oʻzbekiston milliy musobaqalarida ham sovrindor hisoblanadi:
🥇 1-oʻrin — Oʻzbekiston kubogi (koʻpkurash), 2021 🥈 2-oʻrin — Oʻzbekiston chempionati (koʻpkurash), 2021 🥇 1-oʻrin — Oʻzbekiston chempionati (koʻpkurash), 2022 🥇 1-oʻrin — Oʻzbekiston kubogi (bulavalar), 2022 🥉 3-oʻrin — Oʻzbekiston chempionati (lenta), 2023
Mintaqaviy musobaqalar
🥇 Samarqand viloyati chempionatlari gʻolibi 🥇 1-oʻrin — „Gratsiya Vostoka“, 2023 🥇 1-oʻrin — „Sharq Marvaridi“, 2022 🥈 2-oʻrin — Samarqand chempionati, 2021
Hakamlik faoliyati Axmedova AQShda gimnastika hakami sifatida ham faoliyat yuritadi. U 3–5-darajali (Level 3–5) hakamlik sertifikatiga ega boʻlib, boshlangʻich va sinxron (synchro) yoʻnalishlarida musobaqalarni boshqarishda ishtirok etgan.
Yutuqlari
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi Badiiy gimnastika boʻyicha jahon chempionati ishtirokchisi Xalqaro musobaqalar sovrindori
Izohlar
Havolalar
FIG saytidagi profil Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi
Turkum:Oʻzbekiston badiiy gimnastikachilari