Shahzoda Mehmed Abdulhalim afandi (; 1894-yil 28-sentyabr — 1926-yil 26-may) — Usmoniylar shahzodasi, Shahzoda Salim Sulaymonning oʻgʻli, sulton Abdulmajid I ning nabirasi.
Yoshligi Shahzoda Mehmed Abdulhalim 1894-yil 28-sentyabrda Feriye saroyida tugʻilgan. Uning otasi sulton Abdulmajid I va Serfiraz xonimning oʻgʻli Shahzoda Salim Sulaymon, onasi esa Fotima Iqbol xonim boʻlgan. 1899-yilda u sulton Abdulhamid II ning oʻgʻli Shahzoda Abdurrahim Hayri hamda Shahzoda Mehmed Shavkatning oʻgʻli Shahzoda Mehmed Jamoliddin bilan birga sunnat qilingan.
Taʼlimi va faoliyati 1914-yilda Abdulhalim boshqa shahzodalar, jumladan, sulton Abdulhamidning oʻgʻli Shahzoda Abdurrahim Hayri, Shahzoda Mehmed Salohiddining oʻgʻli Shahzoda Usmon Fuad bilan birga Kayzer Vilgelm II ning mehmoni sifatida Potsdam Harbiy akademiyasiga yuborildi. Keyinroq ularga Abdulmajid II ning oʻgʻli Shahzoda Umar Faruk ham qoʻshildi. Kayzer bu toʻrt shahzodani Kayzerning shaxsiy gvardiya polki boʻlgan gussarlar Imperator gvardiyasiga qabul qildi. Potsdam Harbiy akademiyasini tamomlagach, Mehmed Abdulhalim Berlin qirollik saroyida kapitan sifatida xizmat qildi.
Shahzoda 1912 va 1913-yillarda Bolqon yarim orolida boʻlib oʻtgan Bolqon urushlarida qatnashib, urushda yaralandi. Birinchi Jahon urushi paytida unga polkovnik unvoni bilan avtomobil otryadlariga qoʻmondonlik qilish huquqi berildi. Harbiy vazir Anvar poshoning qaynukasi boʻlgani uchun u xalq orasida mashhur shahzoda boʻlgan. U Anqara harakatini qoʻllab-quvvatlagan, hatto koʻplab doʻstlarining Onadoʻliga koʻchib oʻtishiga yordam bergan. 1918-yilga kelib Abdulhalim piyoda qoʻshinlarida mayor sifatida xizmat qilar edi. Shuningdek, u sultonning faxriy adyutanti sifatida ham xizmat qilgan.
Shaxsiy hayoti 1908-yilda sulton Abdulhamid oʻgʻli Shahzoda Abdurrahim Hayri va Abdulhalimning oʻgay singlisi Naciye Sultonning nikoh qurishi toʻgʻrisida qaror qilindi. Biroq bu qaror haqida Naciye va uning oilasiga aytilmagan edi. Ular keyinchalik bundan xabar topgach, Abdulhalimning otasi bu nikohga qarshi chiqdi, chunki oʻsha paytda Naciye atigi 12 yoshda edi. Shunga qaramay, uning otasi akasiga qarshi bora olmadi va bu qarorni qabul qilishga majbur boʻldi. Natijada, Naciye shahzoda Abdurrahim bilan unashtirildi.
1909-yilda ikki yosh unashtirilganidan soʻng, Abdulhalim agar bu unashtiruv bekor qilinmasa, uni oʻldirish bilan tahdid qilingan xat oldi. Abdulhalimning onasi Iqbol xonim bu holatni sulton Mehmed V ga maʼlum qildi. Shundan soʻng sulton oʻzining birinchi kotibi Xolid Ziyo beyga tekshiruv oʻtkazishni buyurdi. Maʼlum boʻlishicha, Abdulhalimning oʻzi unashtiruvga qarshi boʻlgani uchun bu xatni yozgan edi. Voqeadan soʻng sulton Mehmed unashtiruvni bekor qildi va Naciyeni Anvar poshoga unashtirdi.
Abdulhalim Bebekda „Nisbettiye saroyi“ deb atalgan otasiga tegishli villaga egalik qilgan. Uning yagona xotini Samiye xonim boʻlgan. Samiye xonim 1896-yil 1-fevralda Uskudarda tugʻilgan. Juftlik 1913-yil 10-avgustda Nisbettiye saroyida turmush qurgan. 1920-yil 21-iyunda ularning birinchi qizi Fotima Samira Sulton dunyoga kelgan. Oradan 3 yil oʻtib, ularning ikkinchi farzandi 1925-yil 23-dekabrda Shahzoda Cengiz tugʻilgan. Biroq Cengiz 1947-yilda vafot etgan va Bobigny qabristoniga dafn qilingan.
Surgun va vafoti 1924-yil mart oyida Usmoniylar oilasi surgun qilingach, Abdulhalim va uning oilasi Fransiyaning Parij shahriga joylashdi. Shahzoda Abdulhalim shu yerda 1926-yil 26-may kuni vafot etdi. Vafotidan keyin Suriyaning Damashq shahrida joylashgan Sulaymoniya takyasi qabristoniga dafn etildi.
Unvon va mukofotlari Usmoniylar uyi ordeni Iftixor ordeni Imtiyoz ordeni Usmoniya ordeni Majidiya ordeni Imtiyoz kumush medali Imtiyoz oltin medali Liyoqat harbiy medali Liyoqat oltin medali Turk urushi medali Imtiyoz urushi oltin medali Yunon urushi medali
Harbiy lavozimlari Harbiy unvonlari va armiyadagi lavozimlari Germaniya armiyasi kapitani, 1912-yil Usmoniylar armiyasi polkovnigi Usmoniylar armiyasi piyoda qoʻshinlari general-mayori, 1918-yil
Faxriy lavozimlari Sultonning adyutanti, 1918-yil
Farzandlari Ismi Tavalludi Vafoti Izohlar Fotima Samira Sulton 1920-yil 21-iyun 2000-yil 6-yanvar Nisbettiye saroyida tugʻilgan. 1947-yilda Misrning Qohira shahrida Husayn Shevkiga turmushga chiqqan. 1951-yilda Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida Necla Xonimsulton ismli qizi dunyoga kelgan. Nyu-York shahrida vafot etgan va Vashington Park qabristoniga dafn qilingan. Shahzoda Cengiz 1925-yil 23-dekabr 1950-yil 10-oktyabr Fransiyaning Parij shahrida tugʻilgan, turmush qurmagan va shu yerda vafot etgan. Vafotidan keyin Bobigny qabristoniga dafn qilingan.
Nasabi
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:Usmoniylar imperiyasi shahzodalari Turkum:1894-yilda tugʻilganlar Turkum:1926-yilda vafot etganlar