Chinnili koʻshk () — pavilon, Topkapı saroyining tashqi himoya devorlari bilan oʻralgan qismida joylashgan. Bino asosiy kirish eshigi tepasidagi koshin yozuvda koʻrsatilganidek 1472-yilga taalluqlidir.Usmoniylar imperiyasi sultoni Mehmed II tomonidan hordiq chiqaradigan saroy yoki koʻshk sifatida bunyod ettirilgan. Bino saroyning eng chekka qismida, Gülhane bog'i yonida joylashgan. Shuningdek, inshoot Sirlangan koʻshk () deb ham atalganDavis, pg. 266.

Koʻshk 1875–1891-yillarda Imperatorlik muzeyi (Usmoniy turk tili: Müze-i Hümayun; ) sifatida foydalanilganDavis, pg. 268. 1953-yilda koʻshk jamoatchilik uchun turk va islom sanʼati muzeyi sifatida ochilgan va keyinchalik Istanbul arxeologiya muzeylari tarkibiga kiritilib, Islom sanʼati muzeyini oʻz ichiga olgan. Pavilonda Iznik koshinlari hamda Saljuqiylar sopol buyumlarining koʻplab namunalari mavjud.

Meʼmorchiligi Binoning qurilish rejasi yunon xochi shaklida boʻlib, ikki qavatdan iboratFanny Davis. Palace of Topkapi in Istanbul. 1970. pg. 266-267. ASIN B000NP64Z2. Biroq bino qiyalikda joylashganligi sababli asosiy kirish joyidan faqat birinchi qavat koʻrinib turadi. Tashqi sirlangan gʻishtlar Markaziy Osiyo, ayniqsa, Samarqanddagi Bibixonim jome masjidining taʼsirini oʻzida aks ettiradi. Toʻrtburchak va markaziy oʻqqa asoslangan loyiha dunyoning toʻrt burchagini ifodalaydi va meʼmoriy nuqtayi nazardan sultonning universal hokimiyati va suverenitetini ramziy maʼnoda ifodalaydi. Binoda Vizantiya taʼsiri boʻlmaganligi sababli bino muallifi sifatida nomaʼlum fors meʼmoriga nisbat beriladiNecipoğlu, pg. 214. Binoning tosh bilan hoshiyalangan gʻishtlari va peshtoqning koʻp burchakli ustunlari fors meʼmorchiligiga xos. Ushbu darvozaning yuqori qismidagi ikki qatorli zina esa ustunli yopiq ayvonga olib chiqadi. Bu peshtoq XVIII asrda qayta qurilgan. Yashil koshinli ravoq bilan oʻralgan markazdagi ulkan eshik dahlizga, soʻngra baland gumbazli hovliga olib kiradi. Orqa tomonda uchta sulton xonasi joylashgan boʻlib, ularning oʻrtadagisi yarim doira shaklidaNecipoğlu, pg. 216.

Ushbu xonalar bogʻ osha Bosfor boʻgʻoziga qaraydi. Qobirgʻasimon gumbazlar tarmogʻi gotika uygʻonish davri meʼmorchiligini eslatsa-da, aslida strukturani tutib turish oʻrniga unga qoʻshimcha ogʻirlik beradi. Devordagi koʻk-oq koshinlar olti burchaklar va uchburchaklar koʻrinishida Bursa uslubida terilganDavis, pg. 267. Baʼzilarida gullar, barglar, bulutlar yoki boshqa mavhum shakllarning nafis naqshlari tasvirlangan. Oq ganchkorlik ishlari fors uslubida ishlangan. Gumbazli hovlining har ikki qanotida bir tomoni ochiq, gumbazsimon chuqurchalar yaʼni ayvonlar mavjud.

Galereya

Kirish Muzey dushanba kunlari yopiq. Ish vaqti: 9:00 dan 17:00 gacha.

Manbalar

Adabiyotlar Sir Banister Fletcher. A History of Architecture. Boston: Butterworths, 1987. . NA200.F63 1987. muhokama p611 John Julius Norwich, ed. Great Architecture of the World. New York: Random House, 1975. . NA200.G76. muhokama, fasad surati, p140. John D. Hoag. Islamic Architecture. New York: Harry N. Abrams, 1977. . LC 76-41805. NA380.H58. reja chizmasi, fig427, p324. Goodwin, 1971.

Havolalar

150 dan ortiq surat GreatBuildings.com | Koshinkor kiosk

Turkum:Toʻpqopi saroyi Turkum:Istanbuldagi muzeylar Turkum:Fatih Turkum:1953-yilda tashkil etilgan muzeylar Turkum:Istanbuldagi sanʼat muzeylari va galereyalari Turkum:Islom muzeylari