Urs Samyuktha Paksha (USP; tarjimasi: Urs birlashgan partiyasi) — Hindistonning Karnataka shtatidagi siyosiy partiya.
Partiyaga 2004-yil 16-yanvarda tadbirkor Hari L. Xoday (Hari L. Khoday) tomonidan asos solingan. USPning asosiy maqsadi qoloq tabaqalar (kastalari) huquqlarini himoya qilish va ular uchun kurashishdan iborat. Partiya oʻzini Karnataka shtatining sobiq bosh vaziri Devaraj Urs gʻoyalari va merosining davomchisi deb hisoblaydi. 2004-yilgi Lok Sabha (Hindiston parlamenti quyi palatasi) saylovlarida USP partiyasi oʻz safidan uch nafar nomzodni ilgari surgan. Havolalar Rasmiy veb-sayti „The Irish Hungarian Guide to the Domestic Arts“ kitobi Red Giant Books nashriyotida Erin O'Brienning YouTube kanali
Turkum:Siyosiy partiyalar