Arvo binti al-Horis () — fasohatli va notiqlik sanʼatini yaxshi bilgan sahoba, paygʻambar Muhammad va Alining amakivachchasi. Al-Horis ibn Abdulmuttalib va Gʻoziyya binti Qaysning qizi. U Abu Vidoʼa (al-Horis) ibn Sabora ibn Said ibn Saʼd ibn Sahm as-Sahmiy al-Qurayshiyga turmushga chiqqan, ularning 11 nafar farzandi boʻlgan. Farzandlari: Vidoʼa, Abdulloh, as-Soib, al-Muttalib, Sufyon, Hakim, Abu Sufyon (Yazid), ar-Robi, Ummu Kulsum (Robiʼa), Ummu Jamil (Zaynab) va Ummu Hakim (Fotima).
Manbalar
Turkum:Muhammadning oilasi Turkum:Ayol sahobalar