Amina Vladikovna Anshba (; 1999-yil 9-sentyabrda tugʻilgan) — rossiyalik tennischi. 2021-yil avgust oyida WTA reytingida yakkalik yoʻnalishi boʻyicha 278-oʻrin, 2024-yil iyul oyida juftlik yoʻnalishida 71-oʻrinni qayd etgan.

Sport faoliyati Anshba oʻzining eng yirik unvonini Germaniyaning Versmold shahrida oʻtkazilgan 2019 Reinert ochiq turniri juftlik bahslarida Anastasia Dețiuc bilan birga qoʻlga kiritgan.

Tennischi WTA tur asosiy toʻr bahslaridagi debyut ishtirokini Gdinyada oʻtkazilgan 2021-yilgi Polsha ochiq turnirida oʻtkazgan. U musobaqaning yakkalik bahslariga yoʻllanma olgan. Anshba ushbu musobaqada tennischi Harmony Tanni magʻlub etishga muvaffaq boʻlgan, biroq keyingi davrada Nuria Parrizas Diazga qarshi oʻyinni boy bergan.

Panna Udvardy bilan juftlik bahslarida Anshba 2022-yilgi Palermo ayollar ochiq turniri finaliga chiqqan. Ular amaldagi chempion Kimberley Zimmermann va Anna Bondár juftligiga magʻlub boʻlgan.

Tennischi Quinn Gleason bilan birga Anshba 2023-yilgi Zavarovalnica Sava Ljubljana turnirida juftlik bahsi gʻolibligini qoʻlga kiritgan.

2024-yil may oyida Anshba Anastasia Dețiuc bilan juftlik bahsida Saint-Malo ochiq turnirida ikkinchi WTA 125 darajasidagi musobaqa gʻolibligini qoʻlga kiritgan.

Manbalar

Turkum:1999-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Rossiyalik ayol tennischilar Turkum:21-asr rossiyalik ayol sportchilar