Andrei-Ionuț Ursu (1993-yil 16-yanvarda tugʻilgan), avval Wrs taxallusi bilan ijod qilgan — ruminiyalik xonanda, qoʻshiq muallifi va raqqos. U Ruminiya nomidan „Eurovision–2022“ tanlovida „Llámame“ qoʻshigʻi bilan ishtirok etgan va finalda 18-oʻrinni egallagan.
Hayoti va karyerasi Andrei-Ionuț Ursu 1993-yil 16-yanvarda Buzău shahrida tugʻilgan. U 12 yoshidan boshlab ota-onasining qoʻllab quvvatlashlari ostida raqs bilan shugʻullana boshlagan. Uning ota-onasi xalq raqslari ijrochilari boʻlgan. Ursu keyinchalik Inna, Antonia Iacobescu va Carla's Dreams kabi sanʼatkorlar bilan raqqos sifatida ishlagan. Shuningdek, u Pro TV telekanalining balet jamoasi tarkibida „Vocea României“ va „Românii au talent“ kabi dasturlarda qatnashgan.
2015-yilda Ursu oʻzining musiqiy faoliyatini Shot guruhida boshlagan. Ikki yildan soʻng u loyihani tark etib, Londonga koʻchib oʻtgan va qoʻshiqlar bastalash bilan shugʻullana boshlagan.
2020-yil yanvar oyida Ursu Global Records bilan shartnoma imzolagan va Wrs sahna nomi ostida elektro-pop yoʻnalishidagi yakkaxon loyihasini yoʻlga qoʻygan. Oʻsha oyda u oʻzining ilk singli — „Why“ni chiqargan That same month, he released his debut single „Why“..
2022-yil fevral oyida Ursu „Llámame“ singlini taqdim etgan. Aynan shu qoʻshiq bilan u Ruminiya nomidan „Eurovision–2022“ tanlovida ishtirok etish uchun tanlangan.
2023-yil 12-mayda Ursu oʻzining ilk studiyaviy albomi — „FIESTA '23“ni chiqargan. 2023-yil 10-oktyabrda esa u Wrs taxallusidan voz kechish niyatini eʼlon qilgan.
Shaxsiy hayoti 2023-yil may oyida „El País“ nashriga bergan intervyusida Ursu oʻz jinsiy orientatsiyasini muayyan toifa bilan belgilamasligini aytgan. U Vlad Condurache ismli erkak bilan munosabatda.
Diskografiyasi Studio albomlari Nomi Maʼlumotlari Chiqarilgan: 2023-yil 12-may Leybl: Global Records
Mini-albomlar +List of extended plays Nomi Maʼlumotlar Mandala Chiqarilgan: 2022-yil 31-mart Leybl: Global Records Cântece de Inimă Chiqarilgan: 2024-yil 26-yanvar Leybl: Global Records Cântece de Inimă — Vol 2 Chiqarilgan: 2025-yil 15-fevral Leybl: Global Records Canciones del corazón Chiqarilgan: 2025-yil 13-iyun Leybl: Global Records
Singllar +Singllarining chartlardagi natijalari Nomi Yil Chartdagi eng yuqori oʻrni Albom Peak chart positions for singles in Romanian Airplay: Amore: Tsunami: Llámame: De-ai fi în locul meu: „A cui e vina“: (İlkan Günüç bilan) 2021 25 — — — — — — —Albomdan joy olmagan Tsunami 81 6 — — — — — — 2022 1 — 52 15 23 91 10 59Mandala 2025 7 — — — — — — — Albomdan joy olmagan 88 — — — — — — —
Manbalar
Havolalar
Turkum:Buzăuda tugʻilganlar Turkum:Eurovision ishtirokchilari