Atlassian Corporation — asosan dasturiy ta'minot ishlab chiqish va loyiha menejmenti uchun moʻljallangan hamkorlik vositalarini taqdim etish bilan shugʻullanuvchi xalqaro kompaniya. Kompaniya 2002-yilda Avstraliyaning Sidney shahrida tashkil etilgan boʻlib, 2022-yilda Amerika Qo'shma Shtatlarida qayta roʻyxatdan oʻtkazilgan. Bosh qarorgohi Sidney shahrida, AQShdagi bosh ofisi esa San-Fransisko shahrida joylashgan. Kompaniya 14 mamlakatda 12 000 dan ortiq xodimga ega boʻlib, dunyo boʻylab 200 dan ortiq mamlakat va hududdagi 300 000 dan ziyod mijozga xizmat koʻrsatadi.

Sotuv modeli Atlassian „dasturiy taʼminot sotilmaydi, sotib olinadi“ tamoyili bilan ish yuritadi. Kompaniya anʼanaviy sotuv boʻlimi tuzish oʻrniga, mijozlar mustaqil xarid qila oladigan tizim yaratdi. 2000-yillarning boshlarida bu yondashuv juda xavfli koʻrinardi. Biroq natija kutilganidan yaxshi chiqdi. Mahsulotlar asosan vebsayt orqali sotiladi. Shu bilan birga, kompaniya hamkorlar dasturini ham yuritadi — hamkorlar Atlassian mahsulotlarini targʻib qilish bilan birga, mijozlarga ularni oʻrnatish va sozlashda ham yordam beradi.

Homiylik 2025-yilning fevral oyida Williams Racing jamoasi Atlassian bilan uzoq muddatli homiylik shartnomasini tuzdi. Bu Formula 1 tarixidagi eng yirik homiylik bitimlaridan biri boʻldi. 2025-yilgi mavsumdan boshlab jamoa Formula 1da Atlassian Williams Racing nomi bilan ishtirok etib kelmoqda.

Manbalar

Havolalar

Turkum:Atlassian Turkum:Avstraliya brendlari Turkum:Sidneydagi kompaniyalar