Banu Juʼfa (; Juʼfa nomi bilan ham tanilgan) — katta Madhʼhaj qabilasining Saʼd al-Ashirah avlodidan kelib chiqqan arab qabilasi.

Mashhur Abbosiylar davri arab shoiri Al-Mutanabbiy Banu Ju’fa avlodidan.

Tarixi va kelib chiqishi Qabila Ju’fi ibn Saʼd al-'Ashirah ibn Madh’hij () nomi bilan ataladi, Ju’fining esa ikki oʻgʻli boʻlgan: Marran va Harim. Qabila asl kelib chiqishi Yamandagi Al-Mahjam deb atalgan joy ekani maʼlum. Roshidun xalifaligi davrida qabila katta miqdorda Iroqda yangi zabt etilgan Kufa shahriga koʻchib borib, oʻsha yerga joylashdi. Ju’fi qabilasi dastlabki Umaviylar xalifaligi davrida muhim rol oʻynagan va mojarolarda doimo umaviylar tomonini qoʻllab-quvvatlagani bilan tanilgan. Koʻplab mashhur shaxslar Banu Ju’fa qabilasiga mansub deb koʻrsatiladi. Masalan, Ju’fadan boʻlgan Yazid al-Ju’fi ismli kishi nomidan Yazidiylar atamasi kelib chiqqani aytiladi. Yana bir shaxs — Zahr ibn Qays al-Ju'fi boʻlib, u al-Husaynning boshini xalifa Yazid I ga olib borgan.

Yana qarang

Arabiston qabilalari Islomdan avvalgi Arabiston

Manbalar

Turkum:Arabiston qabilalari