Futbol boʻyicha 2026-yilgi jahon chempionatining J guruhi bahslari 2026-yil 16–27-iyun kunlari boʻlib oʻtadi.

Guruhga amaldagi jahon chempioni Argentina, Jazoir, Avstriya va Iordaniya terma jamoalari kiradi. Argentina guruh bosqichidagi uchala uchrashuvda ham gʻalaba qozonib, guruhda birinchi oʻrinni egalladi. Avstriya esa Jazoirni toʻplar nisbatiga koʻra ortda qoldirib, ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi, ammo har ikki jamoa ham 1/16 final bosqichiga yoʻl oldi..

Jazoirning natijalari uchinchi o‘rinni egallagan eng yaxshi jamoalardan biri sifatida pley-off bosqichiga chiqish uchun yetarli bo‘ldi. Jahon chempionatida ilk bor ishtirok etgan Iordaniya esa guruhni so‘nggi o‘rinda yakunlab, musobaqani tark etdi.

22-iyun kuni Lionel Messi Avstriyaga qarshi o‘yinda Jahon chempionatlaridagi 17-golini urib, Jahon chempionati tarixidagi eng ko‘p gol urgan futbolchiga aylandi va 16 gol bilan qayd etilgan Miroslav Klose rekordini ortda qoldirdi. Keyinchalik bu rekordni ham 2026-yilgi Jahon chempionatida 22 ta gol urgan Kylian Mbappé yangiladi. Guruh bosqichidagi uchta o‘yindan so‘ng Messi oltita gol urdi va qatnashgan oltita Jahon chempionatidagi jami gollari sonini 19 taga yetkazdi.

Jamoalar Qurʼadagi pozitsiyasi Jamoa Savatcha Konfederatsiya Saralanganusuli Saralangansanasi Musobaqadagiishtiroklari Soʻnggiishtiroki Eng yaxshikoʻrsatkichi FIFA reytingidagi oʻrni 2025-yil noyabr 2026-yil iyun J1 1 CONMEBOL CONMEBOL gʻolibi 2025-yil 25-mart 19 2022 Gʻolib (1978, 1986, 2022) 2 1 J2 3 CAF CAF G guruhi gʻolibi 2025-yil 9-oktabr 5 2014 Nimchorak final (2014) 35 28 J3 2 UEFA UEFA H guruhi gʻolibi 2025-yil 18-noyabr 8 1998 Uchinchi oʻrin (1954) 24 24 J4 4 AFC AFC uchinchi bosqich B guruhi ikkinchi oʻrin 2025-yil 5-iyun 1 — — 66 63 Izohlar

Guruh jadvali

1/16 finalda:

J guruhi g‘olibi H guruhining ikkinchi o‘rnidagi jamoasiga qarshi maydonga tushadi. J guruhining ikkinchi o‘rnidagi jamoasi H guruhi gʻolibiga qarshi maydonga tushadi. J guruhining uchinchi o‘rnidagi jamoasi esa (agar guruh bosqichidagi eng yaxshi sakkizta uchinchi o‘rin egasi qatoriga kirsa) B, D, G, K yoki L guruhi g‘olibiga qarshi o‘ynashi mumkin.

Oʻyinlar Barcha ko‘rsatilgan vaqtlar mahalliy vaqtga mos ravishda berilgan.

Argentina v Jazoir Bu ikki jamoa o‘zaro faqat bir marta to‘qnash kelgan, eng so‘nggisi 2007-yilda o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib, unda Argentina 4:3 hisobida g‘alaba qozongan.

Xet-trigi evaziga Lionel Messi Jahon chempionati tarixidagi eng yaxshi toʻpurarlar roʻyxatida Miroslav Klosega yetib oldi — har ikkisi hisobida 16 tadan gol mavjud edi.

Messi, shuningdek, oltita Jahon chempionatida ishtirok etgan ilk va besh xil Jahon chempionatida gol urgan ikkinchi futbolchiga aylandi. Undan tashqari, 38 yosh-u 357 kunligida Jahon chempionatida xet-trik qayd etgan eng keksa futbolchiga aylandi.

GK 23Emiliano MartínezRB 4 Gonzalo Montiel CB 13Cristian Romero CB 6 Lisandro MartínezLB 25Facundo MedinaCM 7 Rodrigo De PaulCM 20Alexis Mac AllisterCM 24Enzo FernándezRF 10Lionel Messi (c) CF 22Lautaro Martínez LF 16Thiago Almada Oʻzgarishlar:DF 26Nahuel Molina FW 9 Julián Alvarez MF 15Nicolás González MF 19Nicolás Otamendi FW 18Nico Paz Bosh murabbiy:Lionel Scaloni GK 23Luca ZidaneRB 17Rafik BelghaliCB 2 Aïssa Mandi (c)CB 21Ramy BensebainiLB 15Rayan Aït-NouriCM 14Hicham Boudaoui CM 19Nabil Bentaleb CM 22Ibrahim Maza RF 11Anis Hadj Moussa CF 9 Amine Gouiri LF 10Farès ChaïbiOʻzgarishlar:MF 8 Houssem Aouar FW 7 Riyad Mahrez FW 18Mohamed Amoura MF 6 Ramiz Zerrouki FW 20Adil Boulbina Bosh murabbiy: Vladimir Petković

Uchrashuvning eng yaxshi oʻyinchisi: Lionel Messi (Argentina)

Yordamchi hakamlar: Tomasz Listkiewicz (Polsha) Adam Kupsik (Polsha) Toʻrtinchi hakam: Campbell-Kirk Kawana-Waugh (Yangi Zelandiya) Zaxira hakam: Isaac Trevis (Yangi Zelandiya) Video assistent referi: (Polsha) Yordamchi video assistent referi: Dennis Higler (Niderlandiya) Qo‘llab-quvvatlovchi video assistent referi: Mohammed Khadim (Birlashgan Arab Amirliklari)

Avstriya v Iordaniya Bu ikki jamoa ilk marta o‘zaro to‘qnash keldi. Shuningdek, Iordaniyaning Jahon chempionatidagi debyut bahsi hisoblandi.

GK 1 Alexander SchlagerRB 5 Stefan PoschCB 15Philipp LienhartCB 8 David Alaba (c) LB 16Phillipp Mwene CM 20Konrad LaimerCM 6 Nicolas SeiwaldRW 18Romano Schmid AM 4 Xaver Schlager LW 9 Marcel Sabitzer CF 14Saša Kalajdžić Oʻzgarishlar:FW 7 Marko Arnautović MF 17Carney Chukwuemeka DF 3 Kevin Danso MF 24Paul Wanner FW 21Patrick Wimmer Bosh murabbiy: Ralf Rangnick GK 1 Yazeed AbulailaCB 3 Abdallah Nasib CB 16Mo Abualnadi CB 5 Yazan Al-ArabRM 23Ihsan Haddad (c) CM 8 Noor Al-RawabdehCM 21Nizar Al-RashdanLM 20Mohannad Abu TahaRF 10Musa Al-Taamari CF 9 Ali OlwanLF 11Odeh Al-Fakhouri Oʻzgarishlar:DF 17Salim Obaid DF 19Saed Al-Rosan FW 13Mahmoud Al-Mardi MF 25Mohammad Al-Dawoud FW 24Ali Azaizeh Bosh murabbiy: Jamal Sellami

Yordamchi hakamlar: Jerson Emiliano dos Santos (Angola) Elvis Noupue (Kamerun) Toʻrtinchi hakam: Oshane Nation (Yamayka) Zaxira hakam: Caleb Wales (Trinidad va Tobago) Video assistent referi: (Misr) Yordamchi video assistent referi: (Kolumbiya) Qo‘llab-quvvatlovchi video assistent referi: Rodolpho Toski (Braziliya)

Argentina v Avstriya Bu ikki jamoa o‘zaro ikki marta to‘qnash kelgan, eng so‘nggisi 1990-yilda o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib, u 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlangan.

Uchrashuvning 8-daqiqasida Stefan Posch jarima maydonchasi ichida Lautaro Martínezga nisbatan qoida buzganidan so‘ng Argentina penalti tepish huquqiga ega bo‘ldi. Lionel Messi penaltini amalga oshirdi, biroq to‘p darvozaning o‘ng ustuni yonidan tashqariga chiqib ketdi. 38-daqiqada Facundo Medina chap qanotdan yerlatib uzatgan to‘pni Messi jarima maydonchasi ichkarisida chap oyog‘i bilan bir tegishda darvozaning chap burchagiga yo‘llab, hisobni ochdi. 95-daqiqada Messi yana gol urib, hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi. Uning dastlabki zarbasi himoyachilar tomonidan qaytarilgan bo‘lsa-da, qaytgan to‘pni chap tomondan oʻtkir burchak ostida ikki avstriyalik himoyachi orasidan darvozaga aniq yo‘lladi.

Argentina safida ikkala golni urgan Lionel Messi 18 ta gol bilan Miroslav Klose rekordini ortda qoldirib, Jahon chempionatlari tarixida eng ko‘p gol urgan futbolchiga aylandi. U uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi hamda ketma-ket oltita Jahon chempionati bahsida gol urgan uchinchi futbolchiga aylandi.

GK 23Emiliano MartínezRB 26Nahuel Molina CB 13Cristian Romero CB 6 Lisandro MartínezLB 25Facundo Medina DM 20Alexis Mac AllisterCM 7 Rodrigo De Paul CM 24Enzo FernándezCM 16Thiago Almada CF 10Lionel Messi (c) CF 22Lautaro Martínez Oʻzgarishlar:DF 19 Nicolás Otamendi FW 9 Julián Alvarez FW 15 Nicolás González MF 5 Leandro Paredes DF 3 Nicolás Tagliafico Bosh murabbiy:Lionel Scaloni GK 1 Alexander SchlagerRB 5 Stefan Posch CB 3 Kevin DansoCB 8 David Alaba (c) LB 20Konrad Laimer CM 6 Nicolas SeiwaldCM 4 Xaver SchlagerRW 18Romano Schmid AM 24Paul Wanner LW 9 Marcel SabitzerCF 11Michael Gregoritsch Oʻzgarishlar:FW 7 Marko Arnautović DF 22 Alexander Prass DF 23 Marco Friedl MF 21 Patrick Wimmer MF 17 Carney Chukwuemeka Bosh murabbiy: Ralf Rangnick

Uchrashuvning eng yaxshi oʻyinchisi: Lionel Messi (Argentina)

Yordamchi hakamlar: Mahmoud Abouregal (Misr) Ahmed Hossam Taha (Misr) Toʻrtinchi hakam: Alejandro Hernández Hernández (Ispaniya) Zaxira hakam: (Ispaniya) Video assistent referi: Khamis Al-Marri (Qatar) Yordamchi video assistent referi: (Misr) Qo‘llab-quvvatlovchi video assistent referi: Tatiana Guzmán (Nikaragua)

Iordaniya v Jazoir Bu ikki jamoa o‘zaro uch marta to‘qnash kelgan, eng so‘nggisi 2004-yilda o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib, unda o‘yin 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlangan.

36-daqiqada Iordaniya hisobni ochdi. Nizar Al-Rashdan jarima maydonchasining o‘ng tomonidan o‘ng oyog‘ining tashqi tomoni bilan yo‘llagan aniq zarbasi orqali to‘pni darvozaning o‘ng quyi burchagiga joylab qo‘ydi. 69-daqiqada Jazoir hisobni tenglashtirdi. Riyad Mahrezning o‘ng qanotdan uzatgan burchak to‘pidan so‘ng Nadhir Benbouali bosh bilan darvozaning chap burchagini aniq nishonga oldi. 82-daqiqada esa Jazoir g‘alaba golini urdi. O‘ng qanotdan uzatilgan navbatdagi burchak to‘pidan keyin Amine Gouiri yaqin masofadan to‘pni darvozaga yo‘llab, jamoasiga 2:1 hisobidagi g‘alabani taqdim etdi. Ushbu mag‘lubiyat natijasida Iordaniya turnir bilan xayrlashdi.

GK 1 Yazeed AbulailaCB 3 Abdallah NasibCB 5 Yazan Al-ArabCB 4 Husam Abu Dahab RM 23Ihsan Haddad (c)CM 21Nizar Al-RashdanCM 8 Noor Al-RawabdehLM 20Mohannad Abu Taha RF 9 Ali Olwan CF 10Musa Al-Taamari LF 13Mahmoud Al-Mardi Oʻzgarishlar:FW 11Odeh Al-Fakhouri FW 24Ali Azaizeh MF 2Mohammad Abu Hashish DF 17Salim Obaid FW 7Mohammad Abu Zrayq Bosh murabbiy: Jamal Sellami GK 23Luca ZidaneRB 17Rafik BelghaliCB 2 Aïssa MandiCB 21Ramy BensebainiLB 15Rayan Aït-Nouri CM 14Hicham Boudaoui CM 6 Ramiz Zerrouki AM 22Ibrahim MazaRF 7 Riyad Mahrez (c) CF 9 Amine Gouiri LF 10Farès ChaïbiOʻzgarishlar:FW 12Nadhir Benbouali MF 19Nabil Bentaleb FW 11Anis Hadj Moussa DF 13Jaouen Hadjam DF 5Zineddine Belaïd Bosh murabbiy: Vladimir Petković

Uchrashuvning eng yaxshi oʻyinchisi: Ibrahim Maza (Jazoir)

Yordamchi hakamlar: Tomaž Klančnik (Sloveniya) Andraž Kovačič (Sloveniya) Toʻrtinchi hakam: Oshane Nation (Yamayka) Zaxira hakam: Caleb Wales (Trinidad va Tobago) Video assistent referi: Ivan Bebek (Xorvatiya) Yordamchi video assistent referi: Jarred Gillett (Angliya) Qo‘llab-quvvatlovchi video assistent referi: (Belgiya Qirolligi futbol assotsiatsiyasi)

Jazoir v Avstriya

Bu ikki jamoa o‘zaro faqat bir marta to‘qnash kelgan boʻlib, 1982-yilgi Jahon chempionati guruh bosqichida Avstriya 2:0 hisobida g‘alaba qozongan.

Har ikki jamoa uchun g‘alaba J guruhida ikkinchi o‘rinni kafolatlar, mag‘lub bo‘lgan jamoa esa musobaqani tark etardi. Durang natijasida esa ikkala jamoa ham pley-off bosqichiga yo‘l olardi (Avstriya 2-tur yakunlariga ko‘ra to‘plar farqi yaxshiroq bo‘lgani sababli ikkinchi o‘rinni egallardi), Eron esa uchinchi o‘rin egalari reytingi orqali keyingi bosqichga chiqish imkoniyatidan mahrum bo‘lardi. Shu sababli 1982-yilgi Jahon chempionatidagi mashhur Gijón sharmandaligi takrorlanishi mumkinligi haqida xavotirlar paydo bo‘ldi. Biroq yakunda har ikki jamoa ham g‘alaba uchun to‘liq kurash olib bordi. Uchrashuv yuqori sur'atda kechdi: ikkinchi bo‘lim davomida ikkala jamoa ham hisobda oldinga chiqishga muvaffaq bo‘ldi va har ikkisi ham qo‘shib berilgan vaqtda gol urdi.

GK 16Oussama BenbotRB 17Rafik Belghali CB 2 Aïssa MandiCB 21Ramy BensebainiLB 13Jaouen Hadjam CM 10Farès ChaïbiCM 19Nabil BentalebRW 7 Riyad Mahrez (c)AM 22Ibrahim MazaLW 8 Houssem Aouar CF 9 Amine Gouiri Oʻzgarishlar:DF 5 Zineddine Belaïd DF 15Rayan Aït-Nouri DF 26Samir Chergui FW 25Farès Ghedjemis Bosh murabbiy: Vladimir Petković GK 1 Alexander SchlagerRB 5 Stefan PoschCB 15Philipp LienhartCB 8 David Alaba (c) LB 16Phillipp Mwene CM 6 Nicolas SeiwaldCM 4 Xaver Schlager RW 20Konrad LaimerAM 18Romano Schmid LW 9 Marcel SabitzerCF 7 Marko Arnautović Oʻzgarishlar:FW 11Michael Gregoritsch MF 10Florian Grillitsch MF 24Paul Wanner DF 3 Kevin Danso FW 14Saša Kalajdžić Bosh murabbiy: Ralf Rangnick

Uchrashuvning eng yaxshi oʻyinchisi: Riyad Mahrez (Jazoir)

Yordamchi hakamlar: Andrey Tsapenko (Oʻzbekiston) Timur Gaynullin (Oʻzbekiston) Toʻrtinchi hakam: Katia Itzel García (Meksika) Zaxira hakam: Sandra Ramírez (Meksika) Video assistent referi: Leodán González (Urugvay) Yordamchi video assistent referi: Shaun Evans (Avstraliya) Qo‘llab-quvvatlovchi video assistent referi: Armando Villarreal (Amerika Qoʻshma Shtatlari)

Iordaniya v Argentina Bu ikki jamoa ilk marta o‘zaro to‘qnash keldi.