Liene Atvara Stūrmane (1993-yil 2-aprelda tug‘ilgan), sahna nomi bilan Atvara, latviyalik qo‘shiqchi va qoʻshiq muallifidir. U Latviya nomidan „Eurovision qoʻshiq tanlovi 2026“da „Ēnā“ qo‘shig‘i bilan qatnashgan va ikkinchi yarim finalda 13-o‘rinni egallagan.

Hayoti va taʼlimi Asli Liyepaya shahridan bo‘lgan Atvara bolaligidan qo‘shiq kuylashga katta qiziqish bildirgan. Shu sababli onasi uni musiqa maktabiga o‘qishga bergan. Keyinchalik u tug‘ilgan shahridagi Emīls Melngailis nomidagi o‘rta maktabda tahsil olib, dirijyorlik yo‘nalishida taʼlim olgan. So‘ngra u Rigadagi Jāzeps Mediņš nomidagi o‘rta musiqa maktabida o‘qishni davom ettirib, jaz va pop vokali mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

Faoliyati Musiqiy ta’limni tamomlagach, Atvara 2012–2013-yillarda Dziedošās ģimenes va Koru kari kabi iste’dodlar shoularida ishtirok etib, televizion tomoshabinlarga tanila boshladi.

2017-yilda Atvara „The X Factor“ ko‘rsatuvining Latviya talqini bo‘lgan „X Faktors“ning ilk mavsumida qatnashdi. Tinglov bosqichida u Adelening „One and Only“ hamda Whitney Houstonning „I Have Nothing“ qo‘shiqlarini ijro etdi. Hakamlar tomonidan ijobiy baholangan bo‘lsa-da, u tanlovning keyingi bosqichlariga yo‘llanma ololmadi.

Bir muddat ingliz tili o‘qituvchisi sifatida faoliyat yuritgach, 2019-yildan boshlab marketing sohasida ham ishlay boshladi. U yillar davomida raqamli kontent yo‘nalishidagi turli kompaniyalar, jumladan, Latviyaning Star FM radiostansiyasi bilan hamkorlik qildi.

Atvaraning yakkaxon ijodkor sifatidagi rasmiy debyuti 2024-yil iyun oyida chop etilgan „Pie manis tveries“ qoʻshigʻi bilan boshlandi. Qo‘shiq „Latvijas straumētāko singlu“ reytingida 9-o‘rinni egalladi, TikTok platformasida 2 milliondan ortiq ko‘rishlar to‘pladi va foydalanuvchilar videolarida ming martadan ortiq qo‘llanildi. Keyinchalik ushbu qo‘shiq Latviyaning „Nelūgtie viesi“ teleserialida ham ishlatilgan.

2025-yil fevral oyida Atvara Intars Busulis bilan hamkorlikda „Vai drīkst kāpt dziļāk“ qo‘shig‘ini ijro etdi. Oradan bir oy o‘tib, u boshlovchi sifatida ham debyut qilib, Mārtiņš Spuris bilan birgalikda GAMMA musiqa mukofotlarining ilk marosimini olib bordi.

2025-yil yozida Atvara Latviyaning turli hududlarida 20 dan ortiq yakkaxon konsertlarni o‘z ichiga olgan ilk gastrol safariga chiqdi. Konsertlarning barchasi sotib bo‘lindi. Shu yilning 8-avgustida u „Dzīve mūs mētā“ qoʻshigʻini chiqardi. Qo‘shiq radiostansiyalarda keng efirga uzatildi hamda yillik „Muzikālā banka“ mukofotining 15 nafar finalchisi qatoridan joy olib, yakuniy reytingda 10-o‘rinni egalladi. Ushbu qo‘shiq uning ilk studiyaviy albomi — „Vol.1 Vai dzirdi, kā brūces dzīst“ tarkibiga ham kiritilgan.

2025-yil 20-noyabrda Atvara Eurovision qoʻshiq tanlovi uchun Latviya milliy saralashi bo‘lgan Supernova tanlovining 11-mavsumi ishtirokchilari qatorida „Ēnā“ qo‘shig‘i bilan e’lon qilindi. Yarim final bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tganidan so‘ng, u milliy tanlov g‘olibiga aylandi va Avstriyaning Vena shahrida bo‘lib o‘tgan „Eurovision qoʻshiq tanlovi 2026“da Latviya nomidan ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Atvara 2026-yil 14-may kuni Latviya nomidan „Eurovision qoʻshiq tanlovi 2026“da „Ēnā“ qo‘shig‘i bilan ishtirok etdi. U final bosqichiga yo‘llanma ololmadi va ikkinchi yarim finalda 13-o‘rinni egalladi.

Diskografiyasi Studiyali albomlar Nomi Tafsilotlar Vol.1 Vai dzirdi, kā brūces dzīst Chiqarilgan: 2025-yil 28-oktabr Leybl: Atvara Records Formatlar: Raqamli yuklash, striming

Qoʻshiqlar Asosiy ijrochi sifatida + Yil, albom va chartdagi o‘rinlari bilan qoʻshiqlar ro‘yxati Nomi Yil Chartdagi eng yuqori o‘rinlar AlbomPeak chart positions for singles in Latvian Airplay: "Ēnā": Peak chart positions for singles in Latvian Domestic Airplay: "Ēnā": Peak chart positions for singles in Latvian Streaming: "Ēnā": Peak chart positions for singles in Latvian Domestic Streaming: "Pie manis tveries": "Dzīve mūs mētā": "Ēnā": „Pie manis tveries“ 2024 — — — 9 Vol.1 Vai dzirdi, kā brūces dzīst„ Ja kāds jautātu“ — — — — „Pieskāros“ — — — — „Vai drīkst kāpt dziļāk“ 2025 — — — — „Dzīve mūs mētā“ — — — 13 „Ēnā“ 13 1 1 1 "—" bu mamlakatda chiqarilmagan yoki chartda chiqmagan qoʻshiqlarni bildiradi.

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Eurovision ishtirokchilari Turkum:Latviyalik ayol qoʻshiqchilar