Oliver Aleksander Tornton (1990-yil 15-iyulda tugʻilgan) — ingliz xonanda, bastakor va aktyor. Oliver ingliz pop guruhi Years & Yearsning yetakchi vokalisti sifatida shuhrat qozongan. Guruh faoliyati davomida UK Albums Chartda ikkita albom, UK Singles Chartda bitta yakkaxon hamda Top 10 talikka kirgan beshta qoʻshiqni taqdim etgan. Aleksander 2021–2023-yillar oraligʻida ham guruh nomi ostida musiqiy faoliyatini davom ettirdi. Guruh 2024-yilda tarqalib ketgan. Faoliyati davomida Years & Years guruhi olti marta Brit Awards mukofotiga nomzod sifatida koʻrsatilgan.

Aktyor sifatida Aleksander Channel 4 telekanalining Itʼs a Sin (2021) dramatik serialida Ritchie Tozer rolini ijro etib, tanqidchilar eʼtirofiga sazovor boʻldi. Ushbu roli uchun u British Academy Television Award for Best Actor, Critics' Choice Television Awards hamda Independent Spirit Awardsning eng yaxshi aktyor nominatsiyalariga loyiq koʻrilgan. Alexander Buyuk Britaniya nomidan Eurovision 2024 qo'shiq tanlovida Shvetsiyaning Malmö shahrida boʻlib oʻtgan musobaqada „Dizzy“ qoʻshigʻi bilan ishtirok etdi. Mazkur qoʻshiq uning oʻz nomi ostida chiqarilgan ilk musiqiy relizi boʻldi. Oliver tanlov finalida 46 ochko jamgʻarib, 18-oʻrinni egalladi. Aleksanderning ilk yakkaxon musiqiy albomi — Polari 2025-yil 7-fevralda chiqarilgan.

Manbalar