Koʻk-kurkunak yoki oddiy boʻzdoq () — Boʻzdoqlar oilasiga mansub qush turi. Ikki ostturi maʼlum: M. p. persicus va M. p. chrysocercus.
Shimoliy Afrika, Yaqin Sharq, Turkiya, Kavkazorti, Eron, Markaziy Osiyo, Afgʻoniston va Hindistondam keng tarqalgan. Oʻzbekiston butun hududi bo‘ylab m. p. persicus ostturi tarqalgan.
Sistematika va Taksonomiya Urugʻning lotincha nomi Merops qadimgi yunon tilidan olingan, va «asalarixoʻr» degan ma’noni anglatadi, persicus soʻzi esa lotin tilida fors degan manoni anglatadi. Ushbu tur ikki ostturi mavjud:
Merops persicus persicus — Osiyoda koʻpayadi, Sharqiy va Janubiy Afrikada qishlaydi. Merops persicus chrysocercus — Shimoliy Afrikada koʻpayadi, G‘arbiy Afrikada qishlaydi.
Koʻk-kurkunak ko‘k dumli bo‘zdoq (Merops philippinus) va Afrikada uchraydigan zaytun bo‘zdoq bilan genetik jihatdan yaqin, shuning uchun bu turlar maʼlum vaqt davomida bir tur deb qaralgan.
Manbalar